Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Hatamov Bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Hatamov tayinlovga qadar bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
1-avgust kuni Bosh prokuraturada iste’folar amalga oshirilib, ikki amaldor ishdan olindi.
Bosh prokurorning tegishli buyruqlari bilan Adliya katta maslahatchisi Inoyat Shukurov o‘z xohishiga ko‘ra, bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.
Shuningdek, Adliya katta maslahatchisi Muxammadjon Ruzmatov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan bo‘shatildi.
Tayinlovlar
Shoxrux Aminov 1-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga 2022-yil iyulidan buyon Erkaboy Tojiyev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Shoxrux Aminov prokuratura organlarida mas’uliyatli lavozimlarda, jumladan, Sirdaryo viloyati prokurori, Navoiy viloyati prokurori, O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar 2022-yil aprelidan buyon bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari vazifasidan olindi. Bundan avval Po‘lat Bobojonov ichki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Abdusalom Azizov prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bundan avval Abdusalom Azizov davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Bahodir Toshmatov prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan kengash kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)