Surxondaryo viloyati Boysun tumanida hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Keltirilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV va DXXning hududiy organlari tomonidan xonadonlarda “hujra”lar tashkil etib, moddiy daromad evaziga bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelayotgan holatlar aniqlanmoqda. Xususan, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro mart oyidan shu kunga qadar hujra sharoitida diniy ta’lim berish bahonasida bolalarga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo‘lib, kaltaklab kelayotgani aniqlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olindi.
Bundan bir necha kun avval Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Dang‘ara, Farg‘ona tumanlarida bolalarga hujra sharoitida noqonuniy diniy saboq berganlar qo‘lga tushgandi.
- Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi.
- Farg‘onada bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs ushlandi.
- Farg‘onada hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berayotganlar qo‘lga tushdi.
- Qo‘qonda “Hizb ut-tahrir”ning yashirin guruhi a’zolari qamoqqa olindi.
Izoh (0)