• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Gulnora Karimova tufayli o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, to‘yiga 1 mln dollar sarflangan, o‘g‘il farzand kutayotgan Munisa Rizayeva 38 yoshda (foto, video)

    O‘zbek shou-biznesidagi eng talab yuqori bo‘lgan xonandalardan biri Munisa Rizayeva 21-oktyabr kuni 38 yoshga to‘ldi. Munisa bu yilgi tug‘ilgan kunini butunlay o‘zgacha kayfiyatda, shukronalik hissi bilan o‘tkazdi.  

    Foto: Instagram

    “Barchasi uchun yaratganga hamd aytaman. Alhamdulillah. Endi mening ajoyib oilam bor. Bu yilgi eng muhim sovg‘am bo‘lajak farzandimiz bo‘ldi. Yangi hayot uchun rahmat, Alloh. Mening eng zo‘r yaqinlarim, eng yaxshi ota-onam bor. Ularning umrlari uzoq bo‘lsin Ilohim. Eng muhimi bir umrlik orzum amalga oshadi — bu yil ona bo‘laman. Qolaversa, hammadan-da yaxshi tinglovchilarim, ijodimning muxlislari borligi baxt! Hammasi uchun Allohimga shukur, bu men uchun juda qadrli”, deb yozdi xonanda Instagram sahifasida. 

    Munisa Rizayevaning tarjimayi holini uning ashaddiy muxlislari yaxshi biladi. Shu bois uning qachon, qayerda va qanday oilada tug‘ilgani, qanday qilib mashhurlikka erishgani haqidagi ma’lumotlarni takrorlamaymiz. Bugun xonandaning ijodiga to‘sqinlik qilgan ayrim holatlar hamda hayotida so‘nggi yillarda yuz bergan voqealar haqida to‘xtalib o‘tamiz.  

    Gulnora Karimovaning “zapreti”dan Munisa ham quruq qolmagan

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayeva intervyularidan birida 2012-yillarda Gulnora Karimovaning taqiqiga uchragani ortidan o‘zini o‘ldirishga uringani haqida aytib o‘tgan.
    — Gulnora Karimovaga men haqimda turli asossiz gap-so‘zlar yetkazishgan. Meni uning nomini sotishda ayblashgan. Masalan, meni yo‘lda YPX xodimlari to‘xtatganida, men ularga ‘Guli Karimovaning dugonasiman’, deb aytganmishman go‘yo. Bu birinchisi. Bundan tashqari, o‘sha vaqtda unga yaqin bo‘lgan bir guruh ayol xonandalar Karimovaga men haqimdagi bo‘lmag‘ur gaplarni gapirgan. Ularning kimligini juda yaxshi bilaman, hozirgacha ular bilan yaxshi munosabatdaman. Biroq ular mening bu vaziyatdan xabardorligimni bilishmaydi.

    Men hozirga kelib, ularning nega bunday qilganini tushunyapman. Bu gaplar M&TVA taqdirlash marosimidan bir kun avval bo‘lgan. O‘shanda menga “Yil qo‘shig‘i” va “Yil xonandasi” nominatsiyalarida mukofotni berishmoqchi bo‘lishgan. Shuning uchun ushbu “intriga” atayin uyushtirilgan. Gulnora Karimova men haqimdagi gaplarga ishongan va “bo‘ldi, unga hech qanday mukofot bermaysizlar. Hamma yoqdan haydaysizlar” deb ko‘rsatma bergan.
    Shundan so‘ng meni Terra kompaniyasidan haydashgan. Mening kompaniya bilan besh yillik shartnomam bor edi o‘shanda. Men Sevara Nazarxon bilan “Golos” loyihasida qatnashayotgan edim. Terra’ning direktori menga qo‘ng‘iroq qilib, “Guli sening ‘Golos’da qatnashishingni istamayapti, tez Toshkentga qaytsang qayt, bo‘lmasa, ‘zapret’ga tushasan”, dedi. Men “Golos”ning hamma saralash bosqichlaridan o‘tgan edim. Shunga qaramay, loyihadagi ishtirokimdan voz kechib, Toshkentga qaytib keldim, lekin baribir “zapret”ga tushdim.

    Yetti oy mendan hamma yuz o‘girdi. Hamma o‘zidan qo‘rqib men bilan gaplashishga qo‘rqardi. O‘zimni xuddi o‘lgandek his etardim. Hatto yurak xuruji bilan kasalxonaga ham tushib qolganman, ota-onam meni yo‘qotishiga bir baxya qolgan. O‘zimni osib o‘ldirishga ham uringanman, deb eslaydi Munisa Rizayeva.

    Ma’lumot uchun, M&TVA musiqa, tele va videomahsulotlar uchun O‘zbekiston milliy mukofoti bo‘lib, u  2005—2012-yillarda qator san’at sohasi, radio va teleboshlovchilar, aktyor va rejissyorlarga topshirilgan. Xonanda Munisa Rizayeva 2012-yilda nomzodlar orasida bo‘lgan.

    Ochiq kiyimdagi suratlari tarqalishi va 2 yillik depressiya

    Foto: Instagram

    Gulnora Karimovaning shaxsiy taqiqi Munisa Rizayevaga qattiq ruhiy ta’sir ko‘rsatgan yagona va oxirgi holat emas. Bundan bir necha yil avval ijtimoiy tarmoqlarga Munisaning o‘ta shaxsiy suratlari tarqalib ketgan, bu holat xonandani 2 yillik depressiyaga tushishiga sabab bo‘lgan.

    — Shunaqa paytlar bo‘lganki, suratlarim tarqalib ketganida 2 yil depressiyadan chiqa olmaganman. Hech narsa qilgim kelmasdi, qo‘shiq aytishni ham xohlamaganman. Kulmaganman, uydan chiqqim kelmasdi. Zo‘rg‘a to‘yga borib kelib, yana uyda yotardim. Juda qiynalganman. Lekin 60-70 ta ashula yozib qo‘yganman, o‘shalarni chiqarib turganmiz. Allohga shukr, bugunga kelib o‘zi mening yuzimni yerga qaratmadi, deydi xonanda. 

    Qatardan kelgan 500 ming dollarlik taklif

    Foto: Instagram

    Munisa pulning ortidan hech qachon quvmasligini ta’kidlab keladi. 

    — Pulning orqasidan chopish kerak emas, pul sizning ortingizdan quvsin. Men umuman pulni birinchi o‘ringa qo‘ymayman. Agar shunday bo‘lganida, bir kunda 10-15 ta to‘yga kirgan bo‘lardim. Hozirda 3-4 ta to‘yga kiraman va uyga ketaman. Shunaqa voqea bo‘lgan: “Ertaga Qatarga uchib kelsin, 500 ming dollar beramiz”, deyishgan. Yo‘q, deganman. Borgim kelmagan. Agar pulni birinchi o‘ringa qo‘yganimda, men uchib borgan bo‘lardim. Ba’zan “Hozir Munisani chaqiraman, “birrov”ining pulini uch baravar qilib bersam, ertalabgacha qo‘shiq aytadi”, degan gaplarni ham eshitib qolaman. Men prinsip qilib, besh baravar pul to‘lasa ham bormayman. Inson uchun pul emas, orzu va ishonch muhim bo‘lishi kerak. Agar inson orzu qilsa va unga erishishiga ishonsa, orzuga qanday yetib olganini tushunmay qolasiz, deydi xonanda.

    1 mln dollar sarflangan “Yil to‘yi”

    Foto: Instagram
    Foto: Instagram


    2023-yil Munisa Rizayeva hayotida o‘chmas iz qoldirgan yillardan biri bo‘ldi. Aynan bir yil avval xonandaning nafaqat o‘zi, balki muxlislari tomonidan yillar mobaynida kutilgan hodisa ro‘y berdi — u oila qurdi. Munisa va Arseniyning nikoh kechasi ikki marta nishonlandi. Birinchi to‘y hindcha o‘tkazildi, kechada nafaqat kelin-kuyov balki mehmonlar ham hind madaniyatiga monand kiyingan edi.


    7-sentyabr kuni Munisa Rizayevaning asosiy to‘yi o‘tkazildi. Ushbu to‘y san’at olamida “Yil to‘yi” sifatida e’tirof etildi. Xonandaning nikoh kechasida bir necha xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan san’atkorlar bilan bir qatorda o‘zbek shou-biznesining eng taniqli vakillarini ko‘rish mumkin edi.


    Munisa Rizayevaning yaqin do‘sti, vayner Ozod Xurramov Munisaning to‘yiga bir million dollar sarflangani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram


    — Munisa Rizayevaning to‘yiga bir million dollar mablag‘ sarflandi. Hamma xarajatlarni kuyovning o‘zi qopladi. Munisa Rizayeva kelin ko‘ylagi, hatto pardoz-andozi uchun ham cho‘ntagidan pul sarflagani yo‘q. Ular o‘n oy avval tanishib, bir-birini sinashgan. Arseniyni katta biznes bilan shug‘ullanuvchi insonlar juda yaxshi tanishadi. U o‘ziga to‘q, badavlat inson, degan edi Ozod.

    Uzoq kutilgan farzand ne’mati

    Foto: Instagram

    Munisa intervyularida hayotidagi eng katta orzusi ona bo‘lish ekani haqida juda ko‘p gapirardi. O‘tayotgan yilda uning ushbu orzusi amalga oshdi. Xonanda may oyida muxlislariga quvonchli xabarni — farzand kutayotgani haqidagi yangilikni yetkazdi. U Instagram sahifasi orqali o‘tkazilgan qisqa savol-javob ruknida esa farzandining jinsini ham oshkor qildi.


    “Farzandingizga qanday ism qo‘ymoqchisiz?”, degan savolga xonanda “Buni faqat farzandimiz tug‘ilganidan keyingina ayta olamiz. Chunki uning tashqi ko‘rinishi Muhammadga o‘xshash bo‘ladimi yoki Danielga hozircha bilmaymiz”, deya javob bergan. 

    Munisa farzandini Argentinada dunyoga keltirishga qaror qildi hamda ushbu qaroriga quyidagicha izoh berdi:
    — Birinchidan, Argentinaning tibbiyot darajasi dunyo bo‘yicha 33-o‘rinda turadi. Ikkinchidan, Argentinaning kattaligi sabab bu yerda har xil madaniyatlar va har xil ob-havoni ko‘rish mumkin. Uchinchidan esa, hamma bilgan Messi, Maradona, steyk, folklor musiqa, Buenos Ayresning g‘ayritabiiy ko‘cha san’ati haqida bilish menga ham qiziq bo‘ldi. To‘rtinchi va asosiy sabab bu — turmush o‘rtog‘imning xohishi bo‘ldi”, deydi Munisa Rizayeva. 

    Foto: Instagram

    O‘zbek shou-biznesidagi reklamasi eng qimmat xonanda

    Munisa Rizayeva salkam 7,5 million kuzatuvchisi bo‘lgan Instagram sahifasidan ham mo‘maygina pul ishlashini yashirmaydi. Xususan, uning sahifasiga joylangan eng qimmat reklama 120 ming dollar bo‘lgan.
    — Hozirgi kunda Instagram’imda juda katta jamoa ishlaydi. Sahifamni yuritish uchun juda katta mablag‘ sarflaymiz. Instagram’im faolligi juda ortib ketgan. Oldin Munisa Rizayevani yaxshi ko‘rgan bo‘lishsa, hozirda Arseniy ikkalamizni juftlik sifatida kuzatish hammaga qiziq bo‘lyapti. Sahifamda chiqadigan reklamalar juda qattiq tanlab olinadi. Stories’imda reklama joylash 3500 dollardan 10 ming dollargacha. Yaqinda biz bitta shartnoma tuzib, bitta postni 120 ming dollarga joylashtirib berdik, degan edi Munisa.

    Munisa — qimmatbaho avtomobillar ishqibozi

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayevaning garajidan bir nechta qimmatbaho avtomobillar o‘rin egallagan. Umuman olganda, Munisa yoshligidanoq avtomobillarga qiziqadi. U intervyularidan birida ilk haydagan avtomobili “Jiguli” bo‘lganini aytib o‘tgan.
    — 2023-yilda Gelandewagen avtomobilini 420 ming dollarga xarid qildik. Undan keyin turmush o‘rtog‘im menga yana bir Mercedes sovg‘a qildi. Chunki men u paytda xizmatlarga Malibu’da yurardim. Keyinroq men homilador bo‘ldim va Filippindan enagamiz uchib keldi hamda turmush o‘rtog‘im endi farzandli bo‘lsak, hammamiz bu avtomobilga sig‘maymiz, deb 7 kishilik Lixiang L9 avtomobilini olib berdilar. Endi Urus yoki Rolls-Royce sotib olmoqchimiz, deydi xonanda.

    Munisa farzandini noyabr oyining oxirida dunyoga keltirishini ma’lum qilgan. Hozir u Argentina poytaxti Buenos Ayresda turmush o‘rtog‘i hamda farzandining enagasi bilan yashamoqda.  

    22.10.2024, 23:17   Izoh (0)   306198
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Munisa Rizayeva#Gulnora Karimova#Yorqinxo‘ja Umarov#Asal Shodiyeva#Yulduz Usmonova#Shahlo Zoirova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Munisa Rizayeva Gulnora Karimova unga “zapret” qo‘yganidan keyin o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi

    05.04.2020, 12:22

    San’atkorlarni sirdaryoliklarga yordam berishga undayotgan Ozodbek Nazarbekov, Asalga sevgisini rus tilida izhor etgan Shohruhxon, o‘zbeklarga murojaat yo‘llagan A...

    02.05.2020, 22:37

    Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi

    25.06.2020, 16:23

    90-yillarning mashhur xonandasi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytmoqda

    03.07.2020, 19:29

    Instagram: Iftor vaqtida muxlisining uyiga borgan Yulduz Usmonova, shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob bergan Imon Karimova, “Qora niyat”da vafot etgan Shahik...

    28.04.2021, 22:33

    “Yaxshiyam o‘sha davrlar o‘tib ketdi”. Shohjahon Jo‘rayev ilk marta Gulnora Karimova tufayli “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    10.12.2021, 21:28

    Instagram: Bobur Yo‘ldoshev xonadonida to‘y, “Mitti vayn” jamosi aktyori uylandi, Ruxshonaning turmushga chiqqani yolg‘onmidi? 

    18.09.2024, 10:59

    Instagram: Amerikada konsert beradigan Hamdam Sobirov, ikkinchi bor ota bo‘lgan Aziz Rametov, farzandini Argentinada dunyoga keltiradigan Munisa Rizayeva

    22.09.2024, 22:08

    Instagram: Hamdam Sobirovning to‘ylardagi “birrovi” qancha? Ozod Xurramov onasiga kvartira sovg‘a qildi, Munisa Rizayeva Argentinaga uchib ketdi

    01.10.2024, 10:45

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Qizil yo‘lakchadagi ilk qadamlar, hayajon, muxlislar e’tirofi — “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimidan reportaj (video, foto)  

    08.10.2024, 20:39

    Instagram: Shahzod Sultonov uylanmoqda, Muhabbat Qurbonova va Mavluda Hikmatova yangi mashinali bo‘ldi

    10.10.2024, 10:32

    Munisa Rizayeva nima sababdan farzandini Argentinada dunyoga keltirishga qaror qilgani haqida gapirdi 

    11.10.2024, 21:40

    Instagram: Muyassar Berdiqulova krossover xarid qildi, Munisa Rizayeva taxikardiyadan aziyat chekmoqda, Rayhon Hamdam Sobirovga qimmatbaho sovg‘a berdi 

    17.10.2024, 11:55

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Instagram: Shahlo Zoirovaning retro uslubidagi tug‘ilgan kuni, Farangiz Xoliqova turmushga chiqyapti, Munisa Rizayevaning eng katta orzusi ushaldi 

    21.10.2024, 22:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.