Britaniyalik 72 yoshli aktrisa, Amerikaning taniqli yulduzlaridan biri Frensis Fisherning yangi suratlari kino ixlosmandlarini hayratda qoldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa juda chiroyli tarzda keksayib borayotgani qayd etildi.
“Titanik” filmida bosh qahramon Rozaning qattiqqo‘l onasi — Rut Dyutt Byukeyter obrazini gavdalantirgan Frensis Fisher Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Substansiya” filmining premyerasiga tashrif buyurdi. Tadbirga aktrisa keng va naqshinkor ko‘ylak va qora charm kurtkada namoyon bo‘ldi.
Uning tashqi ko‘rinishi va obrazi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi: “Frensis Fisher o‘zining 72 yoshiga qaramay nihoyatda go‘zal”, “Mana buni tabiiy keksayish desa bo‘ladi”, “Uning oppoq va qalin sochlari o‘ziga juda yarashgan” deya foydalanuvchilar e’tirof etishdi.
Afsonaviy “Titanik” filmi ekranga chiqqanida Frensis Fisher 45 yoshda edi. Undan oldin u turmush o‘rtog‘i Klint Istvudning “Kechirib bo‘lmas” filmida o‘ynagan. “Titanik”dan keyin Fisherning filmografiyasi kengayib, “Maxfiy materiallar”, “Tez yordam”, “Qo‘rquv anatomiyasi”, “Qayta tug‘ilish” kabi seriallarda ishtirok etgan.
Izoh (0)