O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya maʼmuriyatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida 10-sentyabr kuni Transport vazirligida Xitoyning China Southern airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/09/12/2024-09-12 20.13.28-K1UvLBVf.jpg)
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etilgan.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, China Southern airlines aviakompaniyasining Pekin – Toshkent yo‘nalishida haftalik aviaqatnovlarini 4 tadan 7 taga oshirish, Urumchi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini esa 3 tadan 4 taga oshirish kelishildi.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab Guanchjou – Urumchi – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 3 ta aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)