Ilkay Gyundogan Premyer Ligaga qaytmoqda. Gallaher esa London shahridan Madrid jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
![](/static/2024/08/21/gettyimages-2166052823-2048x2048-pKt-ATN_.jpg)
33 yoshli yarim himoyachi Gyundogan “Barselona” bilan shartnomani bekor qildi va erkin agent sifatida Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tdi.
Germaniyalik futbolchi 2016-yildan 2023-yilgacha “shaharliklar” safida o‘ynagan va o‘tgan yozda Ispaniyaning “Barselona” safiga qo‘shilgandi.
Kataloniyaliklar safida 35 o‘yinda qatnashgan futbolchi 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniyaning “Atletiko” klubi Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Konor Gallaher transferini e’lon qildi.
Madrid klubi angliyalik futbolchi bilan 2029-yilga qadar shartnoma imzoladi.
![](/static/2024/08/21/gettyimages-2159215266-2048x2048-ytmQ60fz.jpg)
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Konor Gallaherning transferi uchun Madrid klubi London jamoasi hisob raqamiga 42 million yevro o‘tkazib beradi.
Ma’lumot uchun, Gallaher o‘tgan mavsumda jami 50 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qilgan.
Avvalroq Gallaher ba’zi muammolar sabab futbolchi Madriddagi mehmonxonada 5 kun yashab Londonga qaytishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)