Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
![](/static/2024/08/02/photo_2024-08-02_01-23-32-FQxpEK09.jpg)
-92 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov chorak finalda braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi raundda Lazizbek 3:2 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundda esa o‘zbekistonlik bokschi to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi.
Uchinchi raundda ham 5:0 hisobida zafar quchgan Mullajonov keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Lazizbek bundan oldingi bosqichda italiyalik Aziz Abbes Muhiddinga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)