Daryo

Parij—2024. Bahodir Jalolov raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va keyingi bosqichga yo‘l oldi

Jalolov norvegiyalik bokschiga qarshi jang qildi

1 daqiqa o‘qish40 280 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Olimpiada doirasida boks musobaqasining +92 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov norvegiyalik Omar Shihaga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Birinchi raundda Bahodir raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Raund to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi raundda ham Bahodir ochkolar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ldi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Jalolov keyingi bosqichga yo‘l oldi. Keyingi bahs chorak finalda avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar