Daryo

Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev misrlik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi 

O‘zbekistonlik bokschi Olimpiadani muvaffaqiyat bilan boshladi

1 daqiqa o‘qish15 444 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Foto: MOQ

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund Asadxo‘janing 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi raund ham to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Mo‘ydinxo‘jayev keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endi u 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolai Terteryan (Norvegiya) juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar