Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiada doirasida boks musobaqasining -66 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Ruslanbek Abdullayev kanadalik Vaytt Sanfordga qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempioni Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun kechgan Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri doirasidagi jangda serbiyalik Aleksey Sendrikni mag‘lubiyatga uchratib, 4-yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylangandi.
Ruslanbek Abdullayev 2002-yil Toshkent viloyati Qibray tumanida dunyoga kelgan. 2023-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)