Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari davom etmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasining eng yosh a’zosi To‘rabek Habibullayev 1/8 finalda filippinlik Eumir Marsyalga qarshi ringga ko‘tarildi.
20 yoshli sportchi barcha raundlarda tajribali raqibidan ustun keldi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
To‘rabek Habibullayev chorak final jangini 2-avgust kuni o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov o‘z janglarini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.
Izoh (0)