Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Olimpiada doirasida dzyudo musobaqasida Sharofiddin Boltaboyev 1/8 finaldagi raqibi fransiyalik Alfa Umarga qarshi tatamiga ko‘tarildi va muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
U chorak final bosqichida koreyalik Li Jun Xvanga qarshi gilamga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Sharofiddin Boltaboyev Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini iroqlik Sajjad Sehenga qarshi bahs bilan boshlashi kerak edi. Biroq raqib sportchi diskvalifikatsiya qilingani bois Boltaboyev to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi davraga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)