Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.
O‘zbekistonlik sportchi hozirgina yakunlangan chorak final startida o‘z guruhida 2-bo‘lib marraga yetib keldi.
Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo’l oldi.
Izoh (0)