Daryo

Parij—2024. Bokschi Ruslanbek Abdullayev birinchi jangini o‘tkazdi

Meksika vakiliga qarshi jang qilgan Ruslanbek barcha hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish35 792 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Olimpiada doirasida boks musobaqasining -66 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Ruslanbek Abdullayev meksikalik Martines Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi. 

To‘liq davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili barcha hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun kanadalik Vaytt Sanfordga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempioni Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun kechgan Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri doirasidagi jangda serbiyalik Aleksey Sendrikni mag‘lubiyatga uchratib, 4-yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylangandi.

Ruslanbek Abdullayev 2002-yil Toshkent viloyati Qibray tumanida dunyoga kelgan. 2023-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar