Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-54 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Nigina O‘ktamova Shimoliy Koreya vakilasi Cholmi Pangga qarshi jang qildi. Uchala raundda ham shimoliy koreyalik bokschi ustunlik qildi va g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa Nigina musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Qayd etib o‘tish joiz, O‘ktamova dastlabki bosqichda misrlik Yomna Ayyad bilan jang qilishi kerak edi. Biroq raqib ringga chiqmasligini ma’lum qilgan va Nigina to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi davraga yo‘l olgandi.
Ma’lumot uchun, Nigina 2003-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2021-yilning aprelida Polshada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, Nigina bir qator yosh toifalarida qitʼa birinchiligi, shuningdek, ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari qatoridan joy olgan. 2021-yil O‘zbekistonda qizlar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasida g‘alaba qozongan. Xalqaro maydondagi natijalari natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Izoh (0)