Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasidan o‘rin olgan guruh o‘yinlarining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruhning so‘nggi o‘yinida Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Dominikan futbolchisi Rafael Nunyes hisobni ochdi. 58-daqiqada esa Alisher Odilov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr Ispaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
3-turdan so‘ng C guruhida vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari Olimpiada bahslaridagi o‘z yurishini yakunladi. Jamoa C guruhida bundan oldinga bahslarda Ispaniya hamda Misrga imkoniyatni boy bergan edi.
Parij—2024.
3-tur
30-iyul, seshanba
Dominikan — O‘zbekiston 1:1
Gollar: 1:0 — 51 Nunyes, 1:1 — 58 Odilov.
Dominikan: 1. Valdes, 2. Puyol, 12. Urbaez, 5. de Lukas, 17. de Leon (2. Marzian, 46), 8. De Oka, 6. Morshel, 9. Nunyes, 18. Lorenso, 11. Federiko, 7. Urenya (3. Baes, 46).
O‘zbekiston: 12. Nazarov, 2. Mirsaidov, 3. Husanov, 5. Hamraliyev, 8. Jiyanov (Jaloliddinov, 57), 9. Norchayev (Shomurodov, 57), 13. Abdirahmatov, 15. Rahmonaliyev, 18. Bo‘riyev, 19. Ibragimov (Fayzullayev, 57), 20. Odilov (Xolmatov, 84).
Izoh (0)