Isroil 30-iyul kuni Bayrutda “Hizbulloh” qurolli kuchlarining yuqori martabali qo‘mondonlaridan biri Fuad Shokirni yo‘q qilganidan so‘ng Livan bilan chegaradagi keskinlik kuchaydi. Shu tufayli Isroil Hadera shahri shimolidagi havo hududini yopishga qaror qildi.
Bu haqda “Kan” radiostansiyasi ma’lum qildi.
Hadera Isroilning shimoliy tumanida, Tel-Aviv va mamlakat shimolidagi yirik shahar Hayfa o‘rtasida joylashgan.
Kecha HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya ham hujum oqibatida Tehronda halok bo‘lgani xabar berilgandi.
HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi ar-Rishq Haniyaning ta’kidlashicha, Haniyaning Tehrondagi qarorgohiga Isroil kuchlari hujum uyushtirgan. U Eronda yangi saylangan prezidentning qasamyod qilish marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.
Ismoil Haniya vafoti munosabati bilan Eronda 3 kunlik motam e’lon qilindi. U bilan xayrlashuv marosimi Tehronda, dafn marosimi esa Qatarda bo‘lishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)