Samarqand viloyatida Damas haydovchisi 15 nafar bola va onalarini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahar Spitamen ko‘chasida Damas to‘xtatilib tekshirilgan. Shunda avtomashina salonida haydovchidan tashqari 15 nafar voyaga yetmagan bolalar onalari bilan borligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
“Bolalarni aylantirgani olib kelayotgandik. Holatni boshqa takrorlamaymiz”, deydi haydovchi.
2023-yil sentyabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida bog‘cha mudirasi 25 nafar bolani o‘z Spark’ida olib ketayotganida to‘xtatilgandi. Bundan tashqari, Surxondaryoda ham haydovchi Damas’da 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)