Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 25,45 so‘mga pastlab, 12 574,38 so‘m bo‘ldi. Yevro 49 so‘mga tushib, 13 626,86 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,26 so‘mga pastlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 599,83 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)