Daryo

Sirdaryoda bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz Toshkentdan topildi 

U xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgandi

1 daqiqa o‘qish45 494 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 14 yoshli qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIBning “Daryo”ga xabar qilishicha, qiz topildi. 

Foto: Sirdaryo IIB

Guliston tumani, “Mevazor” mahallasi, Saxovat ko‘chasi, 15-uyda yashagan, 2010-yilda tug‘ilgan Shuhratjonova Zahro yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bedarak yo‘qolgan Shuxratjonova Zahro Rustam qizi Toshkent shahri hududida ekani aniqlanib, xodimlar tomonidan sog‘-salomat topildi.

Avvalroq Jizzaxda bedarak yo‘qolgan ayol va uning farzandlari uch oydan so‘ng topilgan edi. Maʼlum qilinishicha, ayol eri unga kun bermaganini aytib, farzandlarini olib ketganini bildirgan. U farzandlari bilan o‘zi bilmagan holda Samarqand viloyatiga ketib qolganini va u yerda notanish odamlarning fermer xo‘jaligida ishlab yurganini maʼlum qilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar