Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatning Quvasoy shahridagi barcha bog‘chalarga tayyor ovqat yetkazib berish huquqini hech qanday tanlov yoki tendersiz tadbirkorga tuhfa qilgani, hokimning bu haqdagi qarori jamoatchilikdan yashirilgani haqida xabar berilgandi.
Viloyat hokimligi tomonidan “Daryo” muxbiriga berilgan izohga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida keytering xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa korxona yo‘qligi tufayli ham mazkur qo‘shma korxona 5 oylik muddatga sinov-tajriba uchun tanlab olingan.
Raqobat qo‘mitasining maʼlum qilishicha, Farg‘ona viloyati hokimligiga ko‘rsatma xati yuborildi.
Qo‘mita tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqiqlangan normalarni inobatga olgan holda hamda raqobat muhitini taʼminlash maqsadida qarorni bekor qilish va talablarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma xati yuborilgan.
Izoh (0)