• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Afsonaviy trilogiya — “Fantomas” qanday suratga olingan va nega Lui de Fyunes filmning davomida rol o‘ynashdan bosh tortgan?

    Kulgili trilogiya g‘oyasini ikki do‘st — rejissyor Andre Yunebel va aktyor Jan Mare birgalikda o‘ylab topgan.

    Bir kuni Mare tasodifan o‘zining kitob javonida 1910-yillardagi shafqatsiz yovuz Fantomas (fransuzcha “sharpa”) haqida hikoya qiluvchi eski romanni ko‘rib qoladi. Natijada u Yunebelni 1960-yillarda zamonaviy Fransiyada film suratga olishga taklif qiladi — Fantomasning o‘sha paytgacha Fransiyada suratga olingan boshqa 5 ta filmidan farq qilishi uchun komediya yo‘nalishida film olishga qaror qilishadi.

    Romandagi bosh qahramonlarning ismlarigina saqlab qolinadi — omadsiz komissar Jyuve, kuchli va jasur jurnalist Fandor, uning go‘zal qallig‘i Elen. Albatta, Fantomasning o‘zi. Umuman olganda, bu fransuzlarning “Jeyms Bond”ga o‘ziga xos jasur javobi bo‘ladi.

    Aytgancha, komissar Jyuve rolini o‘sha paytdagi yana bir buyuk fransuz komik aktyori Burvil o‘ynashi mumkin edi. Biroq sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli u rolini do‘sti Lui de Fyunesga beradi. O‘sha paytda Burvil allaqachon juda mashhur komedik aktyor edi. Bu rol de Fyunesni haqiqiy yulduz va ommaning sevimlisiga aylantiradi.

    Jan Mare trilogiyada kamida 8 ta rol o‘ynagan — jurnalist Fandor, Fantomas, shuningdek, lord Shelton, professor Lefevr, gangster Juzeppe, Valter Braun va boshqa epizodik qahramonlar shular jumlasidan. Shu bilan birga, Marening yuziga mashhur ko‘k niqobni kiydirish uchun 2-3 soat kerak bo‘ladi.

    “Bu sintetik niqob juda issiq va tor edi, quyoshda u toshdek qattiq bo‘lib qolardi. Natijada menda allergik reaksiya boshlandi, yuzim kun bo‘yi qichishardi, — deydi keyinroq Mare. — Fantomas rolini o‘ynashni davom ettirishdan bosh tortishimga sabablardan biri o‘sha dahshatli niqob edi”.

    Trilogiya Pyer Alen va Marsel Silvesterning fransuz romanlariga, shuningdek, Amerikaning mashhur Bond filmlariga parodiya qilingan. SSSRda bu kitoblar va filmlar, albatta, ma’lum emas edi. Shuning uchun ular “Fantomas”ni kulgili komediyaga asoslangan jinoiy drama sifatida qabul qilishadi.

    Trilogiyaga mo‘maygina byudjet ajratiladi. Kadrda har daqiqada hashamatli qasrlar, qimmatbaho mashinalar, ajoyib vertolyotlar va hatto haqiqiy suvosti kemasi paydo bo‘ladi. Film uchun haqiqiy zargarlik buyumlari taniqli Parij zargarlari tomonidan taqdim etilgan.

    Ikkinchi bo‘limda Lui de Fyunes Fandorning qallig‘i Elenning ukasi rolini o‘ynash uchun o‘g‘li Olivyeni ham olib keladi. Biroq Olivye rolini mahorat bilan ijro etgan bo‘lsa-da, voyaga yetganida aktyorlik karyerasidan voz kechadi. U fuqarolik aviakompaniyasida uchuvchi bo‘lishni tanlaydi.

    Dastlab kamida 10-12 qismdan iborat serial rejalashtirilgan edi. Xususan, Fantomas sarguzashtlarining 4-qismini suratga olish uchun Moskvada tayyorgarlik ko‘rish boshlanadi, u yerda Yunebelning o‘zi kinofestivalda qatnashishga muvaffaq bo‘ladi.

    To‘rtinchi epizod “Fantomas à Moscou” — “Fantomas Moskvada” deb nomlanishi kerak edi. Boshqa versiyaga ko‘ra esa “Fantomas Rit” — “Fantomas kulmoqda”. Film syujeti Fantomasning qizi bo‘lib chiqqan go‘zal Elenning (Milen Demongo) sarguzashtlari atrofiga qurilgandi. O‘sha paytlarda “Sovet ekrani” jurnali yaqinlashib kelayotgan to‘rtinchi qism haqida xabar ham bergan.

    Biroq fransuzlar Rossiya poytaxtida suratga olish juda qiyin va qimmatga tushadi degan qarorga keladi. Bundan tashqari Jan Mare ham Lui de Fyunes bilan umumiy til topisha olmay qoladi — komik aktyor tomoshabinlarning bor e’tiborini o‘ziga qaratib olganiga g‘ashi keladi. Aslida ham shunday edi.

    Film ijodkorlariga film g‘oyasi eskirgandek tuyuladi. Fyunesning o‘zi ham trilogiyani tomoshabin uchun zerikarli deb hisoblab, yangi qismda ishtirok etishni xohlamaydi.

    Jan Mare mototsikl va avtomashinalarni ta’qib qilishdan tashqari deyarli barcha tryuklarni o‘zi bajargan, chunki u mashinani yaxshi boshqarolmasdi. Rejissyorning iltimosiga ko‘ra, u xuddi jiddiy sarguzasht filmidagidek rol o‘ynaydi — hazillar va shumliklarsiz. Aslida Mare va de Fyunes turli janrdagi 2 ta filmda suratga tushgan: biri jangovar film, ikkinchisi komediya.

    Jan Mare kabi ajoyib jismoniy holatda bo‘lmasa ham, Lui de Fyunes partnyoridan qolishmaydi. Uning o‘zi ham bir necha bor juda murakkab tryuklarni ijro etgan. Misol uchun, Fyunes ko‘prikdan parovozga o‘zi sakraydi. Vertolyotda quvish sahnasida ham uzoq vaqt davomida kranda osilib turganidan yelka bo‘g‘imlari uvishib, qo‘lsiz qolishiga oz qoladi.

    Marening o‘zi umrining oxirida tan olganidek, de Fyunes uni doimiy ravishda improvizatsiyaga bo‘lgan ishtiyoqi, doimiy shumlik va hazillari bilan ochiqchasiga g‘azablantiradi. Bunday jiddiy, kelishgan, har doim ssenariyga qat’iy rioya qilishga harakat qiladigan aktyor bunga chidab turolmaydi.

    Trilogiya SSSRga tom ma’noda barter orqali kirib keladi — rus distribyutorlari fransuz tilidagi “Fantomas”ga Aleksandr Zarxi rejissyorlik qilgan “Anna Karenina”ni almashtiradi. Biroq film ekranlarga chiqqach, Sovet Ittifoqida o‘smirlar orasida har xil havaskor bezori — Fantomaslar ko‘payib ketadi.

    Fransiyaning o‘zida film kulgili komediya sifatida qabul qilingan, ammo kult film sifatida tan olinmagan. Kartina hali ham vaqti-vaqti bilan fransuz televideniyesida namoyish etiladi. Ammo SSSRda film eng mashhur jangovar film hisoblangan va birinchi yiliyoq 60 milliondan ortiq tomoshabin ko‘rgan.

    SSSR va Fransiyadan tashqari film AQSH, Italiya, Germaniya va Yaponiyaga ham chiqarilgan. Oxirgi 3 ta davlatda ham u juda mashhur bo‘lib, tomoshabinlarning sevimlisiga aylanadi.

    23.07.2024, 13:50   Izoh (0)   14002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistonining zamonaviy malikalari qanday ko‘rinishga ega? 

    22.07.2024, 10:40

    Farzandingiz 12 yoshga to‘lgunicha ko‘rishi kerak bo‘lgan eng sara multfilmlar

    22.07.2024, 09:50

    Kinotavsiya: birinchi daqiqasidayoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan qiziqarli seriallar

    22.07.2024, 12:35

    Yoz mavsumida Netflix’da namoyish etilayotgan 7 ta yangi film va seriallar 

    23.07.2024, 12:53

    Keyt Uinsletning “Titanik” filmidagi “Cho‘kayotgan palto”si auksionda o‘ta yuqori narxga sotilmoqda (foto)

    23.07.2024, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.