Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinner bilan uchrashdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
Janob elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Klinner 2021-yildan beri Germaniyaning mamlakatdagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avvalroq O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan, Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangan, O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli missiyasini yakunlagan edi.
Izoh (0)