Daryo

O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli missiyasini yakunladi

Alisher Salomov 2019-yil yanvardan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi

1 daqiqa o‘qish9 596 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Abdulla Al Kasir bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston—BAA munosabatlari kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar muhokama qilingan. Amirlik tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuqori baholagan.

Uchrashuv yakunida BAA vakili Alisher Salomovga O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli lavozimida o‘tkazgan samarali 5 yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

Alisher Salomov 2019-yil yanvar oyida O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Avvalroq Amirsaid Agzamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib, O‘zbekistoning AQSHdagi sobiq elchisi Javlon Vahobov esa Markaziy Osiyo xalqaro institutining yangi direktori etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar