Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya xavfsizlik va davlat boshqaruvi vazirining birinchi o‘rinbosari (2012-yilgacha) hamda O‘zbekiston AKT vazirining sobiq o‘rinbosari Kim Nam Sok bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlikda IT sohasinini yanada rivojlantirish, Koreyadagi yetakchi IT kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish, masalalari muhokama qilingan.
Kim Nam Sok aprel oyida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Uzbekistan Outsourcing Conference tadbirida so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi aloqalar har sohada mustahkamlanib borayotgani, ushbu aloqalarning mustahkamligi ikki davlat uchun juda katta foyda ekanligi hamda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, joriy etilgan imtiyozlar haqida suhbatlashilgan hamda IT va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni yanada oshirish masalalariga eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, Kim Nam Sokka Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘lish taklif etildi, — deyiladi xabarda.
Kim Nam Sok nutqi davomida O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha mamlakat prezidenti qo‘llab-quvvatlashi natijasida katta ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi hamda ushbu sharafli vazifani qabul qildi.
- Kim Nam Sok (1956-yilda tavallud topgan) Kyonson oliy maktabi (1975-yil) va Xanyan universiteti (1980), Arizona universiteti (AQSh, 1986) va Songyungvan universiteti (Janubiy Koreya, 1989) bitiruvchisi.
- Muqaddam Janubiy Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)