Daryo

Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

TIV rahbari elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi

1 daqiqa o‘qish7 310 ko‘rishlar0 izoh0

Muhammad Irqi Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi, deb yozadi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanaliga.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Qayd etilishicha, TIV rahbari Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Muhammad Irqi bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgan.

“Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni faollashtirish va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratdik. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deydi Baxtiyor Saidov.

Avvalroq Amirsaid Agzamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib, O‘zbekistoning AQSHdagi sobiq elchisi Javlon Vahobov esa Markaziy Osiyo xalqaro institutining yangi direktori etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar