• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    To‘rt oy to‘shakka mixlangan, ayolidan ayrilgan va taqiqlarni yenggan Og‘abek Sobirov 52 yoshda (foto, video)

    O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov san’atda o‘z o‘rnini topgan ijodkor hisoblanadi. 52 yoshni  qarshilagan ijodkorning san’atga kirib kelishi va faoliyati davomida ko‘rgan qiyinchiliklari haqida quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

    “Xorazm bulbuli” Og‘abek Sobirov 1972-yilning 24-iyunida Xorazm viloyatining Urganch shahrida, temiryo‘lchi Karim ota xonadonida dunyoga kelgan. 1978-yil 9-o‘rta maktabiga, 1983-yilda 3-musiqa maktabiga o‘qishga kiradi. Ilk musiqiy saboqlarni akasi Maqsud Sobirovdan olib, keyinchalik Urganch shahrida joylashgan san’at kollejida tahsil olgan. U ko‘plab musiqiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

    Poytaxtda o‘ttizga yaqin, viloyat va tumanlarda 200 dan ortiq yakkaxon konsertlar muallifi bo‘lgan xonanda ilk yakkaxon konsertini 21 yoshida Filarmoniya binosida taqdim qilgan.

    Foto: Instagram

    G‘arb mamlakatlari — AQSH, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Kanadada, jumladan, Osiyoda ham o‘z muxlislariga ega xonanda Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Eron, Janubiy Korea, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, BAA, Isroil, Xitoy, Turkmanistonda bir necha marotaba yakkaxon konsert dasturlarini muxlislar e’tiboriga taqdim etgan.

    Muxlislarining “Xorazm bulbuli” degan e’tirofiga muyassar bo‘lgan Og‘abek Sobirov 2002-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2020-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

    Foto: Instagram

    O‘zbekiston xalq artisti unvonini nisbatan kech olgani haqidagi gap-so‘zlarga “San’atkor uchun unvon avvalroq berilishi kerak edi, deyilgan gaplarni eshitishning o‘zi katta baxt. Masalan, iye, sizga ham berdimi, tavba, desa nima qilardim? Unda bu narsaning keragi bo‘lmasdi, chunki u sharaf bo‘lmaydi. Odamlarning ko‘zida soxta san’atkor bo‘lib gavdalanib qolasiz”, deya munosabat bildirgan.

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali, to‘ylarda, konsertlarda, xalqimizning yaxshi kunlarida odamlar bilan hamsuhbat bo‘lib qolamiz. Shu paytlarda birinchi beriladigan savol shu: “Nima uchun sizga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilmayapti?” Bu savollardan men to‘g‘ri ma’noda zavq olardim. Demak, shukrki, men xalqning nazarida ekanman. Keyin ham berilmasligi mumkin edi. Aslida, gap berilishi yoki berilmasligida ham emas, masalan, xalq yaxshi ko‘rsa, shuning o‘zi oliy unvon.

    Foto: Instagram

    Endi  “10 yil oldin, 15 yil oldin berilsa ham bo‘lardi” degan gaplar bo‘lyapti. Masalan, bu narsaga ko‘pchilik guvoh, ochiqdan ochiq yozishyapti. Bu narsalar san’atkor uchun ulkan baxt. Aytishadi-ku, “Har bir narsaning o‘z vaqt-soati bor”, demak, vaqti bo‘lmagan. Men shunday tushunaman. Allohga behisob shukur. Yurtboshimizning kamtarona san’atimizga nazari tushganidan juda xursandman, — deydi Og‘abek Sobirov.

    Prezidentning tilla otiga munosib ko‘rilgan xonandaning davlat tadbirlaridan tobora chetlashib borayotgani haqida o‘z mulohazalari, AQSH dollarlaridan yasalgan pulchambarlari haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    Bir necha yillar avval xalq orasida Turkmaniston prezidenti Og‘abek Sobirovga tilla ot sovg‘a qilgani uchun uni davlat tadbirlariga qo‘yishmayotgani haqidagi gap-so‘zlarga Og‘abek Sobirov bu uydirma, bo‘lmagan gap, mish-mish ekanligini aytib o‘tgandi.

    Foto: Instagram

    — Birovga yoqish-yoqmaslik hamma davrda ham bo‘lgan. Rostini aytsam, o‘sha paytda 15-16 yillar avval kimlarningdir she’rini aytishim kerak bo‘ldi. Shu she’r menga yoqmadi, tanamga singdirolmadim. Qo‘pol qilib aytganda, o‘sha she’rni qo‘shiq qilib aytgim kelmadi. Keyin bu qo‘shiq aytilmadi, shundan boshlandi bu ahvol.

    Xalqimizning to‘ylarida ko‘p bo‘lamiz, bir-ikki kun qolganda “tezda tadbirga yetib keling”, degan davlat chaqiriqlari bo‘lib qoladi. Bormaslikning iloji yo‘q, lekin bu yerda to‘yga aytilganmiz, oylab kutgan odamlar bor, odamlar niyat qilishadi, qancha harakat va orzu-niyatlar bilan qilinayotgan to‘yga bir kun qolganda “Borolmayman”, deb aytishni tasavvur qilib ko‘ring. Ularning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Vijdonim qiynalardi, to‘yni tashlab, u yerga borolmasdim. Har kim har xil tushunishi mumkin. Birov “Pulni deb, ozgina mablag‘ ko‘ziga yaxshi ko‘rindi-yu, davlatning bepul tadbiri ko‘ziga ko‘rinmadi”, deyishi mumkin, lekin unaqa emas.

    Har kimning sharoiti har xil. Kambag‘al odam niyat qiladi. Men borolmasam yuzimga aytadi: “Va’da berdingmi? To‘yning sanasini o‘zing belgiladingmi? So‘ragan pulingni berdimmi? Kelasan, tamom”.

    Xo‘sh, nima deb javob qaytarish mumkin? Ushbu savolga hanuzgacha hech kimdan qoniqarli javob eshitmaganman. Shu narsalar asta-sekin mening davlat tadbirlaridan chetlashishimga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman”.
    Og‘abek Sobirov ellik yoshdan oshgan bo‘lsa-da, o‘zbek to‘ylaridagi eng talabgir xonanda. Muxlislari uni shunchalik yaxshi ko‘rishganidan AQSH dollarlaridan tayyorlangan pulchambarlarni to‘ylarda uning bo‘yniga ilib qo‘yishadi.

    Og‘abek Sobirovning ayoli vafotidan so‘ng, qaynisinglisiga uylangani haqida gaplar tuhmat ekanligini aytdi.

    Foto: Instagram

    — Ayolim oldamdan o‘tgan, lekin mish-mishlar shu qadar avj olib ketdiki, qaynisinglisiga uylandi, degan gaplar tarqab ketdi. Ayolim qarindoshimiz, tog‘amning qizi bo‘lgan. Eslasam, boshqacha bo‘lib ketaman. Hayotda eng ezilgan davrim bo‘ldi, u paytlarni eslasam, o‘sha hayotga yana qaytgandek bo‘laman, yaram yangilanadi. Bu hayotda mening yuragimni jarohatlagan eng katta hodisa shu yo‘qotish bo‘ladi. Bunday taqdirni hech kimga hech qachon ravo ko‘rmayman, — deydi Og‘abek Sobirov.

    Og‘abek Sobirov o‘zini kino olamida ham sinab ko‘rgan. U aktyor sifatida “Qizg‘aldoq” nomli filmda bosh rolni ijro etadi. Ushbu film ham, film uchun yozilgan maxsus qo‘shiq ham juda ommalashgan. Film haqida xonanda shunday deydi:

    Foto: Instagram

    — Oilamizdagi mudhish voqea, farzandlarimizning onasi olamdan o‘tgandan keyin uni bir umrga eslatib turadigan yodgorlik sifatida kino suratga olsak, degan maslahatlar bo‘lgan. Bu taklifni kutmagan edim. O‘ylab qarasam, bu ham savob, ibrat bo‘ladi. Mikoyil Sulaymonov film ssenariysini yozgan, Ibrohim Rasulov filmni suratga olgan. Bu film asosan real voqealarga asoslangan, — deydi Og‘abek Sobirov.

     “Otamning duolari sabab shifo topdim, o‘zlari esa olamdan o‘tdilar”. Og‘abek Sobirov dadasi u chalingan dardni xudodan so‘rab, o‘ziga olganini xotirladi.

    Foto: Instagram

    — San’atga endi kirib kelayotgan paytlarim edi. Balki “menga ko‘z tegdimi”, degan fikr ham yo‘q emasdi. Yotib qoldim, juda ham yomon paytlarni boshimdan o‘tkazdim. Hozir ota bo‘lib o‘sha vaziyatimda ota-onamga qanchalar qiyin bo‘lganini bilyapman. Dunyoda hech bir ota-ona farzandining yomon holatini ko‘rmasin.

    Dadam bizni shu darajada yaxshi ko‘rardilarki, bizni dunyoga ishonmas edilar. Uch-to‘rt oy yotib qolganimdan so‘ng, miyamda shamollash bo‘lib, meningit bo‘lib qoldim. Keyin yana to‘rt oy bu kasal bilan kurashdim, juda xavfli bo‘ldi. Deyarli bir yilga yaqin to‘shakda yotdim. Tashqariga chiqib, biror joyga bora olmasdim, ozib, o‘zimni taniy olmaydigan darajaga kelib qoldim, oynaga qaraganimda qo‘rqib ketardim.

    Foto: Instagram

    Baribir ota ota ekan-da. Otam ustimda turib Allohga nola qilganlar. “Bolamning dardini olib, menga bergin, bolam qiynalmasin”, deb duo qildilar. Buni o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Dadam shu dardimni so‘rab, o‘zlariga olganlar. Shu voqeadan so‘ng kundan kunga yaxshi bo‘lib ketaverdim, dadam esa ikki yilga bormay vafot etdilar.

    Dadam temiryo‘l xodimi bo‘lganlar, juda baquvvat inson edilar. Har kuni 30-40 km piyoda ishga borib kelardilar. Lekin shu voqeadan ko‘p o‘tmay olamdan o‘tganlar. Ba’zida o‘ylab qolaman, biz otalarimizga mos farzand bo‘la oldikmikan, munosib bo‘lib, hurmatlarini joyiga qo‘ya oldikmikan, deyman. Hozirgacha shu fikr menga tinchlik bermaydi, qiynalaman, — deydi Og‘abek Sobirov.

    Og‘abek Sobirov 2020-yil Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Uning o‘ttizdan ortiq musiqiy albomi, 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. 2024-yili Tojikiston prezidenti tomonidan unga Tojikiston xalq hojizi faxriy unvoni ham berildi.

    28.06.2024, 18:55   Izoh (0)   111764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘g‘lim har kuni onam qachon keladi, deb yig‘lardi”. Umr yo‘ldoshidan bevaqt judo bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    22.08.2023, 16:49

    Reyting: Qaysi xorazmlik san’atkor birrov xizmati uchun 5000 dollar oladi?

    05.02.2024, 13:50

    Tojikiston prezidenti Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova va qator sanʼatkorlarni mukofotladi (video)

    18.04.2024, 17:00

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    Tuyaqushlar bilan poyga o‘ynagan va amakivachchasiga uylangan: Dubay valiahd shahzodasi Hamdan haqida siz bilmagan 10 ta fakt

    28.06.2024, 16:48

    “Xotira kundaligi” filmida Elli obrazini gavdalantirgan aktrisa Jena Roulendsga Alsgeymer tashxisi qo‘yildi

    28.06.2024, 14:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.