• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘g‘lim har kuni onam qachon keladi, deb yig‘lardi”. Umr yo‘ldoshidan bevaqt judo bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Ba’zan yaqin insonlarning qadrini ularni yo‘qotgach anglaymiz. O‘zbek san’atkorlari orasida turmush o‘rtog‘idan ayrilgach, uning qadrini yanada yaxshiroq his qilganlar ham bor.   

    “Ayolimga suyanib qolgan ekanman”

    Aktyor Yodgor Sa’diyev onasidan keyin turmush o‘rtog‘iga suyanib qolgani, uning vafotidan so‘ng yolg‘izlikni his qilgani haqida kuyunib gapiradi.

    Foto: Instagram

    — Afsuski, yaqinlarimizning borida qadriga yetmas ekanmiz. Onamning vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘imga suyanib qolgan ekanman. Ammo buni vafot etganidan so‘ng angladim. Men uchun borini ayamaydigan, e’tibor beradigan inson edi. Ko‘rinishimdan men qattiqqo‘l ko‘rinsam-da, tarbiyada u talabchan edi. Habibulloh va Munisxon ham bolalikda onasidan ko‘proq hayiqqanlari haqida ko‘p gapirishadi.

    Turmush o‘rtog‘im san’atshunos bo‘lgani uchun u bilan kino va teatr haqida soatlab suhbatlashish mumkin edi. Turmush o‘rtog‘im bolaligim, san’atga kirib kelishim, rollarim haqida ko‘p so‘rardi. “Anavi rasm qayerda, bunisini qayerdan olsam bo‘ladi?” derdi. Keyin bilsam, u men haqimda kitob yozmoqchi bo‘lgan ekan. Tug‘ilgan kunimda kitobni qo‘limga tutdi. Ammo o‘sha paytda kitobni to‘liq o‘qib, unga minnatdorlik bildirolmagan ekanman. Vafotidan keyin kitobni bir necha marta o‘qib, menga bo‘lgan mehri naqadar kuchli bo‘lganini his qilyapman, — deydi Yodgor Sa’diyev.


    “Ikki ayolim vafot etgan...”

    Erkin Komilov shaxsiy hayotida ko‘plab sinovlarni boshdan kechirgan. Xususan, ayollari vafot etgan, besh farzand bilan yolg‘iz qolgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    — Fotima va Zuhra qizlarimning onasi yurak xuruji bilan 24 yoshida vafot etgan. Bolalar menda qolib ketdi, u kunlar o‘tdi. Keyin ustozim Shukur Burhonovning yordami bilan bolalar teatrida ishlaydigan Mo‘tabar ismli bir qizga uylandim. Alloh farzandlar berdi, 44 yoshida u ham vafot etdi. Besh qizimni o‘zim uzatdim, o‘g‘illarimni to‘y qildim.

    Undan keyin baribir erkak kishi uylanmasa bo‘lmas ekan, uy ishlari, o‘zim ko‘chada yursam, ovqat, dazmol qilish degandek, ayol kishi erkakning orqasida qolgani yaxshi ekan. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman, mana hozir hech narsani ko‘rmagandek bo‘lib ketdim. Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yo‘q, menga qaraydi, shifokorim ham, oshpazim ham Mahbuba. Shukrki, 61 yoshimda yana bir bor otalik baxti nasib etib, o‘g‘lim Olovuddin dunyoga kelgan, — deydi Erkin Komilov.

    G‘ayrat Usmonov: “O‘g‘lim har kuni onam qachon keladi, deb yig‘lardi”

    “Kulsang” qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda G‘ayrat Usmonovning hayotida mudhish voqea sodir bo‘lgan. U avtohalokat sabab bir kunda mehribon ayolidan ayrilgan.

    Foto: Instagram / @gayratusmonov

    — Rahmatli birinchi ayolim oqila, beruxsat ostona xatlab ko‘chaga chiqmaydigan inson edi. Bir kuni qo‘ng‘iroq qilib “Jiyanim bilan shifoxonaga borib kelsam maylimi? Menga sherik bo‘ling, deb iltimos qilyapti”, dedi. O‘ylab o‘tirmasdan yo‘q dedim, ammo 3-4 qadam yurgandan keyin “Bu ham kun bo‘yi uch bola, uy ishlari bilan ovora bo‘lib, ko‘chaga ham chiqmaydi. Mayli, boraqolsin, ko‘ngli yozilib keladi”, deb rozi bo‘ldim.

    Ertasi kuni ertalab kiyimlarimni taxt qilib yonimga keldi. Telefonini berib, shunga “Kulsang” qo‘shig‘ingizni yozib bering, qo‘ng‘iroq qilganingizda shu qo‘shiq eshitilsin, dedi. U sodda ayol bo‘lganidan hatto telefonga qo‘shiq yuklab olishni ham bilmasdi. Qo‘shiqni yuklab berganimdan keyin xush kayfiyatda ketdi. Yuz-qo‘limni yuvib, xizmatga otlanayotgan paytimda telefonim jiringladi. O‘sha paytda ichki ishlar sohasida ishlaydigan tanishim bor edi. “Falonchi jiyaningizdan xabar olib qo‘ying, kasalxonada ekan”, dedi. Ayolim u bilan birga edi-ku, deb unga qo‘ng‘iroq qildim. Telefoni o‘chirilgan edi. Xullas, oradan hech qancha vaqt o‘tmay, avtohalokat haqida xabar keldi. Voqea sodir bo‘lgan joyga borib, mashinani taniy olmadim. Xullas, u yillarda soliqchilar noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotganlarni quvishi urf bo‘lgandi. Maxsus xodimlar qoidani buzib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib, avtohalokatga sababchi bo‘lishgan.

    Ayolim o‘sha yerning o‘zida vafot etgan. O‘shanda kenja o‘g‘lim ikki yarim yoshda edi. “Onam qachon keladi?” deb rosa injiqlangan. Hatto esini tanib qolgan paytlarda ham mahallamizga tez yordam mashinasi kelsa, “Onamni olib kelishdimi?” derdi. Undan keyin ikkinchi marta oila qurdim. Hozir besh farzandga ota-onalik qilyapmiz, — deydi G‘ayrat Usmonov.

    Og‘abek Sobirov: “Bunday taqdirni hech kimga ravo ko‘rmayman”

    “Qizg‘aldoq” filmini tomosha qilganmisiz? Mazkur filmda xonanda Og‘abek Sobirovning birinchi turmush o‘rtog‘i bilan sodir bo‘lgan qayg‘uli voqealar aks ettirilgan.

    Foto: “Daryo”

    — Tog‘amning qiziga uylangandim. Afsuski, bevaqt dard sabab u olamni erta tark etdi. Bu davrlarni eslash men uchun juda og‘ir. Uni eslasam xuddi yana o‘sha davrga tushadigandek, o‘zimni yomon his qilaman. Yaram yangilanaveradi. Bunday taqdirni hech bir insonga ravo ko‘rmayman.

    Oilamizdagi mudhish voqea — farzandlarimning onasi olamdan o‘tgandan keyin, ularni bir umrga eslatib turadigan yodgorlik sifatida kino suratga olsak, degan maslahatlar bo‘lgan. Bu taklifni kutmagan edim. O‘ylab qarasam, bu ham savob, ibrat bo‘ladi. Mikoyil Sulaymonov film ssenariysini yozgan, Ibrohim Rasulov filmni suratga olgan. “Qizg‘aldoq” filmi asosan real voqealarga asoslangan, — deydi Og‘abek Sobirov.

    22.08.2023, 16:49   Izoh (0)   42914
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli kenja qizini o‘ziga yordamchi qilib ishga oldi

    22.08.2023, 09:24

    Reper Dreyk konsertida muxlisiga 35 ming dollarlik Hermes Birkin sumkasini sovg‘a qildi (video)

    21.08.2023, 18:44

    “Monarxni o‘ldiring”: Britaniya qirollik oilasiga uyushtirilgan eng shov-shuvli suiqasdlar

    21.08.2023, 17:45

    Turk aktrisasi Maryam Uzerli barcha davrlarning eng go‘zal ayollari ro‘yxatiga kirdi

    21.08.2023, 15:45

    “Quloqsiz bolalar”: Jahonga mashhur ota-onalarning obro‘siga putur yetkazayotgan taniqli farzandlari (foto) 

    21.08.2023, 14:36

    Bosh aylanishi, oyoq uvishishi hamda zudlik bilan shifokor ko‘rigiga borishni taqozo etadigan boshqa simptomlar 

    21.08.2023, 13:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalari bosh inspektorlari qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:00

    AQSHda derazalar o‘rniga ko‘zlari bo‘lgan mehmonxona foydalanishga topshirildi

    Layfstayl | 10 iyul, 09:53

    Luis Enrike: “Telefonim ‘Barselona’ muxlislarining xabarlari bilan to‘lib ketgan”

    Sport | 10 iyul, 09:45

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.