• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Tuyaqushlar bilan poyga o‘ynagan va amakivachchasiga uylangan: Dubay valiahd shahzodasi Hamdan haqida siz bilmagan 10 ta fakt

    Dubay hukmdorining ikkinchi o‘g‘li, valiahd shahzoda Hamdan ibn Muhammad Al Maktum dunyodagi eng kelishgan va ko‘plab qizlarning orzusidagi bo‘ydoqlardan biri bo‘lgan. Shahzoda Hamdan o‘zining yuksak unvonidan tashqari, ko‘plab iste’dodlarga, jumladan, noodatiy qobiliyatlarga ham ega.

    Katta oilada tarbiyalangan

    Shahzoda Hamdan ibn Muhammad ibn Rashid Al Maktum 1982-yil 14-noyabrda Dubayda tug‘ilgan. U 11 nafar uka-singillari bilan katta va do‘stona oilada o‘sgan. Otasining hammasi bo‘lib 25 nafar farzandi (mish-mishlarga ko‘ra 30) bor, ular turli xotinlardan, shu jumladan, arab ayollari va nasroniy yevropaliklardan tug‘ilgan. Dubay hukmdorining nechta ayoli borligi ma’lum emas, ammo jahon ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, gap olti yoki yetti ayol haqida ketyapti. Hamdanning onasining ismi Hind bintu Maktum ibn Yuma Al Maktum. U asosiy rafiqa hisoblanadi va amirlikning birinchi xonimi vazifasini bajaradi. Hind — Muhammadning amakivachchasi (BAA madaniyatida bunday qarindoshlik nikohi keng tarqalgan) hisoblanadi.

    Hamdan Dubay shayxining ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, undan avval Rashid ismli akasi bo‘lgan. An’anaga ko‘ra, katta o‘g‘ilga Dubayning rasmiy vorisi bo‘lgan valiahd shahzoda unvoni berilgan, biroq Rashid qo‘l ostidagi xodimini o‘ldirgani haqidagi ma’lumot keng ommaga tarqalgach, otasi qarorini bekor qiladi. Bundan tashqari, shayxning to‘ng‘ich o‘g‘li noqonuniy moddalar bilan bog‘liq muammolar tufayli reabilitatsiya markazida davolangan ham. Rashid ibn Muhammad ibn Rashid Al Maktum 2015-yilda 34 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.

    Britaniyalik merosxo‘rlar bilan bir kollejda o‘qigan

    Boshlang‘ich va o‘rta ta’limni Dubayda tugatgandan so‘ng, Hamdan Buyuk Britaniyaning mashhur Sandxerst Qirollik harbiy akademiyasida (RMAS) o‘qiydi — u yerda iqtisod bo‘yicha tahsil oladi. O‘z vaqtida bu yerda boshqa mashhur merosxo‘rlar — shahzoda Uilyam va Garri ham o‘qigan. Hamdan o‘z intervyusida aytganidek, RMAS’da o‘qish uning qalbida qat’iyat, intizom, jamoaviylik va mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirgan. Keyinchalik Dubay shahzodasi London iqtisodiyot maktabida o‘qishni davom ettiradi.

    She’riyatdan zavqlanadi

    Valiahd shahzoda adabiyot olamida Fazza taxallusi bilan tanilgan — Hamdan qadimiy arabcha nabatiy uslubda she’r yozadi. Fazza nomi afsonaviy arab jangchisiga berilgan nisbat bo‘lib, “yordam beruvchi” degan ma’noni anglatadi. 2019-yilda shahzoda ikki tilda “Otlarga bo‘lgan muhabbat sabab” nomli 18 ta she’rdan iborat to‘plamini chiqaradi. Shahzoda Hamdan The National nashriga bergan intervyusida she’riyat yordamida u “odamlar qalbida shodlikni tiklashga va ularning dardini yengillashtirishga harakat qilishini”, aytadi.

    Ekstremal sport ishqibozi

    Hamdan ibn Muhammad ibn Rashid Al Maktum mohir sportchi. Uning qiziqish doirasi juda keng — polo, tennis, yugurish, lochin ovi va nayza otish, velosport, ziplayning, snoubord, dengizga sho‘ng‘ish, parashyutda sakrash, fridayving, aysberglarda sayr qilish va boshqa ekstremal mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. 2013-yilda shahzoda Hamdan sayyoradagi eng baland bino Burj Xalifaga chiqish orqali jahon ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortdi — Burj Xalifa minorasi dunyodagi eng baland bino hisoblanadi. Uning balandligi 828 metrni tashkil qiladi. U liftda eng yuqori qavatga chiqib, binoning tashqi devoridagi zinapoya yordamida tepaga ko‘tariladi va BAA bayrog‘ini ko‘tarib, muxlislarini qutlaydi. 



    Tuyaqushlar poygasi

    Shahzoda Hamdan yovvoyi tabiatga bo‘lgan muhabbati bilan ham tanilgan va u velosiped minishni ham yaxshi ko‘radi. 2021-yilda u tuyaqushlarga qarshi velosiped poygasini tashkil qilish orqali ikki sevimli mashg‘ulotini birlashtiradi. Hamdanning ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videoda uning g‘alabasi aks etgan — shayx yo‘l chetida chopayotgan qushlarni quvib o‘tgan.

    Aytgancha, bu g‘ayrioddiy poygada birorta ham jonivor zarar ko‘rmaydi. Filantrop va ekolog bo‘lgan shahzoda tabiatga g‘amxo‘rlik qiladi. 2020-yil yozida shayxga tegishli yo‘ltanlamas kapotiga qushlar uya qurganida, Hamdan mashinani himoya lentasi bilan o‘rab, unga yaqinlashishni taqiqlaydi. Uning g‘amxo‘rligi tufayli keyinchalik uyada jo‘jalar paydo bo‘ladi.

    Uyida hayvonot bog‘i saqlaydi

    Shahzoda Hamdan Dubay hukmdorining 2 milliard dollarlik rasmiy qarorgohida yashaydi. 1963-yilda qurilgan arxitektura va dizayn durdonasi bo‘lgan Zabil saroyi 14 gektar maydonda joylashgan. Oilada ekzotik hayvonlar, jumladan, yo‘lbarslar, sherlar, gorillalar va maymunlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lgan shaxsiy hayvonot bog‘i mavjud.

    Ukalari bilan bir kunda uylangan

    2019-yilda Dubayda ajoyib voqea bo‘ladi — shahzoda Hamdan va uning ukalari Maktum va Ahmadning to‘ylari bir kunda bo‘ladi. Merosxo‘rning rafiqasi uning amakivachchasi shayxa bintu Said ibn Tani Al Maktum bo‘lib, uni bolaligidan Hamdanning xotini bo‘lishga tayyorlashgan. To‘y marosimi uchun Jahon savdo markazi tanlanadi. Uch shahzoda ham diniy nikohdan o‘tib, nikoh shartnomasini imzolagan. Oliy martabali mehmonlar orasida Iordaniya qirollik oilasi va Ummon sultonining qarindoshlari ham bor edi.

    Hamdan — mehribon ota

    Shahzoda Hamdan birinchi marta 2021-yilning may oyida ota bo‘ldi. Rafiqasi egizaklar — Rashid va kichik Shayxni dunyoga keltirdi. 2023-yil fevral oyida oila uchinchi farzandi tug‘ilganini e’lon qildi — bolakayga bobosi sharafiga Muhammad ismini qo‘yishdi. Hamdan mehribon ota bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda farzandlari hayotidagi tafsilotlar va ularning suratlarini baham ko‘radi. Aytgancha, Dubay merosxo‘ri obunachilarning katta auditoriyasiga ega — 2024-yil holatiga ko‘ra 16 milliondan ortiq.

    Jamoat faoli

    2006-yildan 2009-yilgacha shayx Hamdan Dubay Ijroiya kengashi raisi bo‘lib ishlagan va Sport kengashi, Autizm markazi, Shayx Muhammad ibn Rashid nomidagi Yosh biznes rahbarlari institutiga rahbarlik qilgan, shuningdek, bolalar va hayvonlarga yordam beradigan bir qancha xayriya tashkilotlariga shaxsan homiylik qilgan. Shahzoda Hamdan tomonidan boshlangan tashabbuslar qatorida Birlashgan Arab Amirliklari aholisi uchun davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshiradigan “Aqlli hukumat dasturi” ham bor.

    Xalq uni kelajakdagi ilg‘or hukmdor sifatida ko‘radi

    Shayx Hamdan mamlakat kelajagiga optimistik qaraydi va Dubayning futuristik va texnologik global markaz sifatidagi maqomini saqlab qolishga yordam beradigan texnologiyalar rivojlanishiga ishonadi. 2015-yilda hukumat sammitida Hamdan BAAning AI va robototexnika bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AED (BAA uchun) va 1 000 000 AQSH dollari (chet ellik ishtirokchilar uchun) bo‘lgan UAE AI & Robotics Award for Good mukofoti taʼsis etilganini eʼlon qildi. G‘oliblar AI va robototexnikaning uchta yo‘nalishda — ijtimoiy soha, ta’lim va tibbiyotda eng yaxshi loyihalarni ishlab chiqqan olim va tadqiqotchilar bo‘ladi.

    28.06.2024, 16:48   Izoh (0)   31026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kino kitobga qaraganda qiziqarli”. Rejissyorning talqini muallif asaridan ko‘ra yaxshiroq chiqqan 6 ta film

    27.06.2024, 21:08

    Ko‘zingizga uyqu kelmaydi: so‘nggi yillarning eng yaxshi detektiv filmlari

    27.06.2024, 09:30

    “Taxtlar o‘yini” yulduzi daqiqasiga 69 ming dollar ishlab oldi. Ammo bu Deyneris emas

    27.06.2024, 10:43

    Nike oyoqlarni uqalovchi xususiyatga ega krossovkani ishlab chiqdi

    28.06.2024, 15:36

    “Xotira kundaligi” filmida Elli obrazini gavdalantirgan aktrisa Jena Roulendsga Alsgeymer tashxisi qo‘yildi

    28.06.2024, 14:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.