• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Butun dunyo tomoshabinlarida koreys kinosiga qiziqish uyg‘otgan — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video)

    Janubiy Koreya ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan ilk “Qalbim chechagi” seriali nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo mamlakatlari bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Qiziqarli sujet, mahoratli aktyorlar ansambli hamda yoqimli qo‘shiqlari tufayli serial dunyo tomoshabinlarida koreys seriallariga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi.

    Film sujeti haqida

    MBC tomonidan suratga olingan “Qalbim chechagi” seriali 1997-yil tomoshabinlarga taqdim etildi. Ushbu serial soddadil va mehribon yetim qiz Li Yun Xi, xonanda bo‘lishni orzu qiladigan badavlat tadbirkorning o‘g‘li Kang Min Xi va mamlakatning yetakchi moda uylaridan birining dizayneri Li Jun Xi o‘rtasidagi sevgi uchburchagi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Yandex

    Afsuski, bolalar uyidan otasining do‘sti tomonidan olib ketilgan Li Yun Xini bir qancha muammolar kutib turar edi. Yangi oila bilan yashash qanchalar qiyin bo‘lmasin, qiz barchasiga sabr qiladi va bir kuni ziyofatda Li Jun Xi bilan tanishib qoladi. Li Yun Xining tashqi ko‘rinishi yigitning sobiq sevgilisiga juda ham o‘xshar edi.

    Foto: Yandex

    Birozdan so‘ng Li Yun Xi dugonasi ishlaydigan tungi klubda Kang Min Xi bilan uchrashib qoladi. Kang Min Xi bir qarashdayoq soddagina Li Yun Xini sevib qoladi. Taniqli qo‘shiqchi yigit va qizning munosabatlari yaqinlashib borgan sari yigitning otasi ularning muhabbatiga to‘siq bo‘laveradi.

    Bu orada Kang Min Xining muhabbatdagi raqibiga aylanib ulgurgan ishbilarmon tadbirkor Li Jun Xi dizaynerlik borasida o‘zini sinab ko‘rayotgan Yun Xiga nisbatan iliq his-tuyg‘ularga beriladi. Sababi u qachon muammolarga duch kelsa, yo‘q joydan paydo bo‘lib, unga yordam berardi.



    Raqibini yo‘ldan olishni istagan qo‘shiqchi yigit yaqinlashib kelayotgan konsert dasturiga sevgilisi hamda Li Jun Xini taklif etadi va u yerda qo‘shiq kuylab, sevgilisi Li Yun Xiga sevgi izhor qiladi. Shu orqali u raqibiga hammasini tushuntirib qo‘yadi.

    Foto: YouTube

     

    Serial hali efirga uzatilmay turib, ommaviy axborot vositalarining e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Sababi serialda allaqachon mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.

    Foto: YouTube

    Serial kutilganidan ham ko‘proq shon-shuhratga erishdi, Koreya tomoshabinlarining eng sevimli kartinasi sifatida belgilandi. Dastlab serial namoyishining boshida tomoshabinlar shunchaki ikki yoshning muhabbati aks etgan deb o‘ylagan, ammo keyinchalik serial minglab, millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. Quyida serialning bosh qahramonlarining taqdiri qanday kechgani haqida hikoya qilinadi. 

    An Je Uk — Kang Min Xi obrazida 

    Foto: YouTube

    Aktyor, xonanda va kompozitor An Je Uk 1971-yil 12-avgustda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. 1994-yil universitetni tamomlagan aktyor ilk bora “Ko‘r qushlar qo‘shig‘i” dramasida rol ijro etadi. Nafaqat muvaffaqiyatli aktyor, balki taniqli qo‘shiqchi 5 ta musiqiy albom chiqargan. 1997-yilda u o‘zining “Abadiy” nomli albomini taqdim etdi va ushbu musiqiy to‘plam 700 ming nusxada sotilgan. Aktyor aynan shu albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlarni “Qalbim chechagi” serialida ham ijro etgan. Serial aktyorning shaxsini hamda qo‘shiqlarini ham ommalashtirib yubordi.

    Foto: YouTube

     

    Undan so‘ng birin-ketin filmlarda suratga tushib, tomoshabinlar ko‘nglini zabt etgan aktyor 2013-yil fevral oyida AQShda miya bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir yillik o‘zini qayta tiklashdan so‘ng aktyor 2014-yil aprel oyida musiqiy ijodini boshladi. Aktyorga oid qiziqarli ma’lumotlarga ko‘ra, u uxlashni juda yaxshi ko‘radi, hatto rekord ko‘rsatkichi 36 soatni tashkil qilgan.

    Foto: YouTube
    Foto: YouTube

    Ko‘k rangni yaxshi ko‘radigan aktyor san’at yo‘lini tanlamaganida, albatta, tadbirkor bo‘lar edi. U konsertda jonli ijroda kuylayotgan qo‘shig‘ining so‘zlarini unutib qo‘yganini hayotidagi eng kulgili va esda qolarli voqea deb biladi. Aktyor xushbo‘y shamlar, parfyumeriya, musiqa, golf, kompakt-disklar to‘plami va ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘radi.
    Aktyor 2015-yilda aktrisa Chxve Xyon Ju bilan turmush qurgan. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandlari bor.

    Chxve Jin Sil Li Yun Xi obrazida

    Foto: Yandex

     

    Chxve Jin Sil 1968-yil 24 dekabrda Seulda tug‘ilgan. Aktrisa Janubiy Koreyaning eng taniqli ijodkorlaridan biri “Millat aktrisasi” maqomiga ega. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ota-onasi bolaligida ajrashib ketgan. Oilasi juda qashshoqligidan uning onasi ko‘cha chodirida turli xil ovqatlar sotgan. Qizaloq bolaligidayoq kambag‘al bo‘lib yashashdan qutulish uchun mashhur inson bo‘lishni orzu qilgan. Keyinchalik u yuqori maosh oladigan model va mashhur aktrisaga aylangan bo‘lsa-da, uning tejamkorligi saqlanib qolgan.

    Foto: YouTube

     

    U birin-ketin reklama va filmdagi ijrolari ortidan mashhurlikka erishdi. 1994-yil uning sobiq menejeri Be Ben Su o‘ldiriladi va aktrisa jinoyatga guvoh sifatida chaqiriladi. Ushbu mash’um voqea katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aktrisaning jinoyatga aloqadorligi va tuhmat qilinganligi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bordi. Uning hayoti bir necha marotaba xavf ostida qolgani, 1995-yil avtohalokat, ta’qiblar va ikki marotaba noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi haqida ham xabarlar tarqalgan.

    Foto: YouTube

    2000-yilga kelib aktrisaning shaxsiy hayotida yangilik yuz berdi, Chjo Sun Min bilan turmush qurdi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay juftlik oradagi nizo va turmush o‘rtog‘ining homilador aktrisaga qo‘l ko‘targani uchun ajrashishga qaror qilgan.

    Foto: YouTube

     

    2008-yil 2-oktabr kuni 39 yoshli aktrisa Chxve Jin Sil o‘z uyida osilgan holatda topildi. Uning o‘limi Janubiy Koreyada o‘z joniga qasd qilishning qisqa vaqt ichida o‘sishiga olib keldi, o‘sha oyda odatdagidan ko‘proq 700 ta holat qayd etildi.

    Foto: Yandex

     

    Oradan bir yarim yil o‘tib, aktrisaning ukasi ham o‘z joniga qasd qiladi — opasining yoniga dafn etiladi. 2008-yil sentabrda komik aktrisa Jon Sun Xening turmush o‘rtog‘i mashinasida o‘lik holda topiladi va bu jinoyat aynan aktrisa Chxve Jin Sildan gumon qilinishi uni qattiq tushkunlik girdobida qoldirgandi. Aynan ushbu voqea aktrisaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu voqea internet olamida ham misli ko‘rilmagan darajada shov-shuv bo‘ldi.

    Foto: YouTube

     

    Aktrisaning bevaqt o‘limiga javoban Janubiy Koreya hukumati internet foydalanuvchilarining tarmoqqa joylayotgan ma’lumotlarini nazorat qilishga harakat qilgan. Hozirda aktrisaning ikki farzandiga uning onasi g‘amxo‘rlik qiladi.

    Cha In Pyo — Jun Xi Li obrazida

    Foto: YouTube

     

    Cha In Pyo 1967-yilning 14-oktabrida Seul shahrida tug‘ilgan. Uning otasi yirik tadbirkor bo‘lib, Woosung Shipping port kompaniyasini boshqarardi. U o‘g‘lining o‘z ishini davom ettirishini xohlardi. Biroq Cha In Pyo aktyorlikka qiziqardi. U maktabni bitirib otasining xohishi bilan iqtisod fakultetiga o‘qishga kirgan.  

    “Qalbim chechagi” efirga uzatilganidan so‘ng Cha In Pyoning yulduzlik onlari boshlandi. Ushbu seriali koreys televideniyesining xorijga translyatsiya qilinib, jahon miqyosida e’tirof etilgan muvaffaqiyatli loyihasiga aylandi. 

    Foto: YouTube

    2009-yilda Cha In Pyo o‘zini yozuvchi sifatida sinab ko‘rdi hamda ayollar muammolariga bag‘ishlangan “Alvido, Xill” deb nomlangan kitobini nashr ettirdi. Ushbu kitob o‘quvchilar tomonidan iliq qarshi olingan.

    Cha In Pyo 1993-yilda aktrisa Sin E Ra bilan tanishib, 1995-yilda u bilan turmush qurgan. Yulduzli juftlikning uch nafar farzandi bor.

    Foto: YouTube
    13.09.2023, 12:56   Izoh (0)   87197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sevgi haqida hikoya qiluvchi eng yaxshi koreys seriallari

    17.08.2020, 10:19

    “Yoshligimda nuqul o‘zbekka erga tegmayman derdim”. Aktrisa Dildora Hoshimova koreys turmush o‘rtog‘i islom dinini qabul qilgani hamda ismini ham o‘zgartirgani haq...

    14.09.2022, 16:10

    Bollivud qiroli Shohrux Xon bosh rolni ijro etgan “Askar” filmi jahon prokatida yetakchi o‘rinni egalladi

    13.09.2023, 09:52

    “Ba’zi sevgi hikoyalari hech qachon yakunlanmaydi”. Hind kinematografiyasining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri — “O‘g‘irlanmagan kelin” haqida 

    12.09.2023, 14:45

    “Buratinoning sarguzashtlari” filmidagi bosh rol ijrochisi — Dmitriy Iosifov hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12.09.2023, 09:15

    Jeki Chan ijodga qaytdi: sevimli aktyor ishtirokidagi 2 ta yangi film tahlili

    11.09.2023, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.