Havo kemasining kech kelishi munosabati bilan faqat 3-iyun kuni Toshkent—Antaliya—Toshkent HY3223/3224 yo‘nalishi bo‘yicha parvoz o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilishi aytilgan edi. Buning sababi ma’lum qilindi.
2024-yilning 2-iyun kuni Antaliya aeroportida Boeing 787 havo kemasida Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 3224 aviaqatnoviga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida chap dvigatelni ishga tushirish tizimida nosozlik aniqlangan.
Turkish Technic vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng yo‘lovchilarni jo‘nashni kutish davrida mehmonxonaga joylashtirishga va HY3224 aviaqatnovini zaxiradagi havo kemasida bajarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Aviaqatnovning majburiy kechiktirilishi sababli yo‘lovchilarga pasport nazorati tekshiruvidan o‘tishi, shaharga chiqishi va mehmonxonalarda tunashi uchun yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda, 2-iyun kuni Antaliya — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kechiktirilgan aviaqatnovning yo‘lovchilari 3-iyun kuni Antaliya mahalliy vaqti bilan soat 11:51 da Toshkentga zaxiradagi havo kemasida xavfsiz tarzda uchib ketdi.
HY3224 aviaqatnovining Toshkentga yetib kelish vaqti: 18:00.
Izoh (0)