Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalarda savdo-sotiq qilishga munosabat qandayligi bo‘yicha Fatvo markazi maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, bitkoin, notkoin kabi kriptavalyutalarni o‘zaro ayriboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish sharʼan joiz emas.
Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom ekaniga asos bo‘ladi.
“Shuni ham taʼkidlash joizki, hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan “raqamli pul”lar vaqt o‘tishi bilan shariatimizga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin.
Demak, kriptovalyutalarning hukmi halol bo‘lmaguncha mo‘min musulmonlar bu pullar bilan savdo qilmay turishlari lozimdir.
Kriptavalyutalar savdosi hozirga qadar dunyo musulmon ularmolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hayʼati, Misr Arab Respublikasi “Dorul ifto” fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi kabi nufuzli fatvo uyushmalar tomonidan harom deb eʼlon qilingan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)