Hindistonning qator shtatlarida anomal issiqlik kuzatildi, bir sutka ichida kamida 20 kishi vafot etdi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Dehlida harorat 52,9 darajaga ko‘tarilib, rekord o‘rnatgan. So‘nggi 24 soat ichida jaziramadan 20 kishi vafot etgan. Ularning yarmi Odisha shtatiga to‘g‘ri keladi. Qurbonlarning sakkiz nafari shifoxonaga yetib kelguniga qadar vafot etgan. Qo‘shni Jarxand shtatida esa jazirama to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ulardan uch nafari shifoxonada vafot etgan. Tibbiyot xodimlari o‘lim sababi anomal issiqlik ekanini aytmoqda.
G‘arbiy Rajastan shtatida rasmiylar besh nafar qurbon haqida xabar bergan. O‘z navbatida, yuqori harorat oqibatida maktablarda o‘quvchilar hushini yo‘qotayotgani ma’lum qilingan. Olimlar fikricha, El-Ninyodan La-Ninyoga g‘ayrioddiy o‘tish va odatda namlik olib keluvchi shamollarning yetishmasligi anomal haroratga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)