Bangladeshda so‘nggi bir hafta ichida anomal issiqlik oqibatida kamida 10 kishi vafot etdi. Bu haqda The Dhaka Tribune xabar berdi.
Janubiy Osiyo respublikasining 17 ta hududida havo harorati rekord o‘rnatmoqda. Jumladan, harorat Selsiy bo‘yicha 40 darajadan oshgan, Dakkada 41 darajaga yetgan. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, anomal issiqlik yaqin kunlarda ham davom etadi.
Hindistonning markaziy va janubiy shtatlarida ham harorat keskin oshgan. Nyu-Dehlida havo harorati me’yordan bir necha daraja yuqori va shamolsiz 40 darajaga yaqinlashmoqda. Odisha, G‘arbiy Bengaliya, Biharda esa 45 darajani qayd etgan. Janubiy Kerala shtatida jazirama tufayli ikki kishi halok bo‘lgan.
Rasmiylar aholidan kun davomida ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘p suv ichish va issiq havoda og‘ir jismoniy mashqlardan tiyilishni so‘ramoqda.
Izoh (0)