AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududini o‘qqa tutishda Amerika qurollaridan foydalanishga yashirincha ruxsat berdi. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Bayden faqat Xarkovga tutash hududlarda qurollardan foydalanishga rozilik bergan. Bu Kiyevga Rossiyaga hujum qilishda Amerika qurollaridan foydalanilishiga qat’iy bosh tortgan AQSH prezidenti siyosatidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.
“Prezident yaqinda o‘z jamoasiga Ukrainaga Xarkov viloyatidagi hujumlarga qarshi turish uchun Amerika qurollaridan foydalanish imkonini berishni buyurdi, toki Ukraina ularga hujum qilayotgan yoki ularga hujum qilishga tayyorlanayotgan Rossiya kuchlariga javob qaytara olsin”, — dedi administratsiya rasmiylaridan biri.
Shuningdek, AQSH rasmiylari “armiyaning taktik raketa tizimlaridan (ATACMS) foydalanish yoki Rossiyaga uzoq masofali zarbalarni berishni taqiqlash bo‘yicha siyosat o‘zgarmagani”ni aytdi. Shu hafta AQSHning bir qator ittifoqchilari Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun Ukrainaga qurollaridan foydalanishga ruxsat berdi. NATO bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)