Telegram’da Ukraina mudofaa kuchlarini razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlovchi rasmiy botlar bloklab qo‘yildi. Ukraina razvedkasi bunga munosabat bildirdi.
Bloklangan botlarning barchasi Rossiya harbiylarining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish yoki bosib olingan hududlarda qarshilik harakatining koordinatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ukraina bosh razvedka boshqarmasi fuqarolarni o‘xshash nomdagi botlarga maʼlumotlarni yuborishdan ogohlantirgan.
“Ukraina razvedkasining boti boshqa platformalarda ishlashi qayta tiklangan, ukrainlarning shaxsiy maʼlumotlari xavfsiz. Telegram platformasi rahbariyati Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy agressiyasiga qarshi kurashgan bir qator rasmiy botlarni, jumladan “Asosiy razvedka boti”ni asossiz ravishda blokladi. Bu Telegram rahbariyati ommaga e’lon qilgan qoidalar va bayonotlarga zid ravishda sodir bo‘ldi”, — deb xabar beradi razvedka matbuot xizmati.
Hozirda quyidagi botlar ishlamayapti:
- ”eVrag” (Raqamli rivojlanish vazirligining rasmiy boti, @evorog_bot);
- Ukraina bosh razvedkasi va xavfsizlik xizmatining rasmiy botlari (Intelligence Bot va Stop Russian War);
- Ukraina janubidan bot koordinatori;
- Shahed dronlarini kuzatish uchun havo hujumidan mudofaa tizimi boti.
“Ruslar ukrainaliklarning ma’lumotlarini qabul qilish uchun soxta botlarni yaratdi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ba’zi rus botlari ham ishlamayapti.
Izoh (0)