Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant va AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Erik Kurilla 12-aprel kuni Eronning Isroilga ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Gallant idorasi bayonotiga ko‘ra, Eronning Isroilga qarshi hujumi mintaqaviy keskinlashuvga olib kelishi mumkin. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Uchrashuvda Gallant Kurillani “Isroilning haqiqiy do‘sti” deb atagan. AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun unga minnatdorlik bildirgan.
“Dushmanlarimiz Isroil va Qo‘shma Shtatlarni bir-biridan ajrata olamiz, deb o‘ylamoqda. Ammo buning aksi – ular bizni birlashtirib, aloqalarimizni mustahkamlamoqda. Biz yelkama-yelka turamiz”, — degan Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant bayonotda.
Izoh (0)