Britaniya qiroli Karl III askar va zobitlarning soqol o‘stirishiga qo‘yilgan salkam bir asrlik taqiqni bekor qildi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Taqiqning bekor qilinganiga qaramay, harbiylar soqollarining uzunligi va parvarishlanganiga e’tibor qaratishi kerak. Yangi qoidalarga ko‘ra, soqol uzunligi 2,5 dan 25,5 millimetrgacha bo‘lishi, yonoq va bo‘yin qismlaridagi kaltalanishi kerak. Shu bilan birga, soqolni yorqin rangga bo‘yash taqiqlanadi.
Bir asrdan ortiq vaqt davomida Britaniya armiyasi a’zolariga faqat mo‘ylov o‘stirishga ruxsat berilgan. Soqol o‘stirish esa faqat maxfiy topshiriqlar, harbiy harakatlar paytida yoki tibbiy, diniy sabablarga asosan ruxsat etilgan.
Britaniya harbiy-dengiz kuchlari uchun soqol qo‘yish taqiqi ancha oldin olib tashlagan, havo kuchlari uchun esa 2019-yilda bekor qilingan.
Izoh (0)