Fransiya Xitoyni Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga ta’siridan foydalanishga chaqirmoqda, deya Euronews xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xabar Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurnening Pekinga tashrifi chog‘ida yangragan. Diplomat xitoylik hamkasbi Van Yi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Euronews’ga ko‘ra, Parij Pekinga Rossiya—Ukraina urushidan keyin Moskva bilan chuqurlashgan munosabatlari yuzasidan bosim o‘tkazmoqda.
Gap nafaqat strategiya, balki Ukrainada tinchlikni qanday ta’minlash va ehtimol, rus qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqida ham ketmoqda. Shuning uchun biz Rossiyaga juda aniq signal yuborishimiz kerak. Biz Xitoy kabi katta davlat ham Rossiyaga aniq signallar yuborishiga umid qilamiz, — deydi fransiyalik diplomat.
Uchrashuv kun tartibida savdoga oid masalalar ham mavjud. Fransiya Yevropa bozoriga kirib kelayotgan Xitoyning arzon elektromobillari mahalliy avtosanoatga zarba berishi va ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib kelishidan xavotirda.
Sejurne Pekinga Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Fransiyaga shu bahorda rejalashtirilgan uchrashuvi oldidan tashrif buyurmoqda.
Izoh (0)