Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida harakatlanib ketayotgan avtomobil ustiga chiqib olib, qo‘shiq kuylagan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning ichki yo‘llaridan birida 28 yoshli fuqaro harakatlanib ketayotgan “Jiguli” ustida qo‘shiq kuylagan va uning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holda video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)