• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    Migratsiya oqimini kamaytirish zarur

    22-mart kuni Moskva viloyatida so‘nggi bir necha yillar ichidagi eng yirik va eng qonli terroristik xuruj sodir etildi. “Daryo” muxbiri bu fojianing keng ko‘lamli oqibatlari haqida siyosatshunos Zokir Usmonov bilan suhbatlashdi.

     Foto: “Daryo”
     Olim Safoyev va siyosatshunos Zokir Usmonov

    —Halok bo‘lganlarning yaqinlariga taʼziya izhor qilgan holda, yuzaga kelgan vaziyatga real baho berishga harakat qilsak. Aybdorlar aniqlandi va afsuski, ular markaziy osiyolik bo‘lib chiqdi. Bular haqiqiy aybdormi yo rol o‘ynashga majbur qilinganmi, gap hozir bu haqda emas, gap bu voqea Rossiya jamiyatida qanday rezonans uyg‘otishida. Rezonans uyg‘otib bo‘ldi va bu rus millatchilariga juda qo‘l keldi. O‘zi shundoq ham har xil kamsitishlarga duchor bo‘layotgan migrantlarni yana qanday ko‘rgiliklar kutyapti?

    — Bugungi kunda Rossiya jamiyatiga baho beradigan bo‘lsak, totalitar-avtoritar tizimga aylandi, nima uchun bunday deyapman – sababi, u doim kimdandir ayb qidiradi. Qandaydir muammo bo‘lsa, albatta, kimnidir ayblashga qaratilgan tizim-da. Sodda qilib aytganda, tashqi dushman kerak. “Biz zo‘rmiz, qolganlar bizga dushman, ular bizga xalaqit beryapti, shu sababdan biz rivojlana olmayapmiz”. Migrantlar masalasiga keladigan bo‘lsak, Rossiya azaldan migratsiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga bosim sifatida foydalangan. Bu holat endi yana kuchayadi. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan ayniqsa migrantlar ko‘p boradi. O‘zbekiston migratsiya oqimini allaqachon kamaytirishi kerak edi. Bunga imkoniyatlar juda ko‘p. Migrantlarga salbiy munosabat yanada kuchayishini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Rossiyada ichki muammolar ortib boryapti. Ular o‘z vaqtida hal etilmayapti, binobarin “aybdor”ni topish kerak. Shu bir-ikki kun ichida o‘nta viloyatda migrantlarni ishga olishga cheklovlar o‘rnatildi. Reydlar ortib boryapti. Lekin holatning absurdligi shundaki, Rossiyada o‘zi shundoq ham ishchi kuchi yetishmaydi. Urush boshlangandan beri turli tarmoqlarda xodimlar tanqisligi yuzaga kelgan. Ammo shunga qaramay, siyosat iqtisoddan ustun kelyapti. Cheklovlar ham o‘z yo‘liga, ammo xavfsizlik masalasi ham bor-da. Migrantlarning millatini so‘rab-surishtirishlar boshlandi, ular besabab kaltaklanyapti, har kuni tajovuzlar sodir etilmoqda. Afsuski, bu ishni qilayotgan bir-ikkita guruhlar emas, holat ommaviy tus olyapti.
    — Bordi-yu Rossiyadan migrantlar haydab chiqariladigan bo‘lsa, o‘sha ish o‘rinlariga ehtiyoj nimaning hisobidan qoplanadi?

    —Bu tarafini hech kim o‘ylamayapti. Chunki tizim shunday tizimki – bugungi kun o‘tsa bo‘ldi, ertaga nima bo‘lishi qiziqtirmaydi. Agar ertangi kun o‘ylanganda, urush boshlanmas edi, bunday siyosat yuritilmas edi. Ayrim ekspertlar Afrikadan yoki boshqa mintaqalardan migrantlarni jalb etishni taklif qila boshlashdi. Sog‘lom fikrlaydiganlari esa, u davlatlarda kasalliklar avj olgan-ku, epidemiya boshlanib ketish xavfi bor-ku, deya eʼtiroz bildirmoqda. “Markaziy osiyoliklar garchi rus tilini mukammal bilmasa ham, bizni yagona mental makon va tarixiy ildizlar birlashtiradi. Shu sababdan, ularni haydash emas, olib qolish yo‘llarini izlashimiz lozim. Hali Markaziy Osiyodan kelganlar orasida terrorchilarni ko‘rmadik, terrorchilarning o‘choqlari shu yerda, ana o‘shalarni aniqlash kerak”,— deyishmoqda. Masalaning iqtisodiy jihatiga qaraydigan bo‘lsak, mahalliy aholi kommunal, qurilish, xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlamaydi. Yaʼni migrantlarga beriladigan maosh uchun ishlamaydi. Ular uch-to‘rt baravar ko‘proq haq talab qiladi. Ularga talab qilinayotgan maosh to‘lanadigan bo‘lsa, demak narxlar oshadi, oxir-oqibat rossiyalik oddiy isteʼmolchilarning cho‘ntagiga taʼsir qiladi. Bu esa ijtimoiy noroziliklarni keltirib chiqaradi.

    — Demak, migratsiya oqimini imkon qadar kamaytirish kerak. Buning yechimlaridan biri – bugungi kunda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yevropa, arab davlatlari, Kanada, Yaponiya, Koreyada ish o‘rinlarini taklif qilmoqda, maosh 2-3 ming yevro atrofida. Albatta, avvalo, o‘zimizda ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerak, biroq mana bu mamlakatlarga ishchilarni yuborish ham masalaning yechimlaridan biri sifatida ko‘rilishi mumkin... Rossiyalik ayrim siyosatchilar o‘lim jazosini tiklash haqida gapira boshlashdi. Dmitriy Medvedev va boshqa siyosatchilarning fikriga ko‘ra, terrorchilar qatl etilishi kerak. Lekin Rossiyada o‘lim jazosiga moratoriy eʼlon qilingan. Mana endi referendum o‘tkazish taklif etilayapti... Siz bu masalaga qanday qaraysiz?

     Siyosatshunos Zokir Usmonov
     Foto: “Daryo”

    — O‘lim jazosini joriy etishdan, avvalambor, Rossiya elitasining o‘zi manfaatdor emas. Chunki bu ketishda, o‘lim jazosi istagan odamga nisbatan qo‘llanaverish xavfi tug‘ilmoqda. Bugungi kunda Rossiyada mulklarni oligarxlar o‘rtasida qayta taqsimlash boshlandi. Bordi-yu hozirgi holatda o‘lim jazosi joriy etilsa, xohlagan odamga qo‘llash uchun bahona topiladi. Qonunlar ishlamaydigan davlatda shunday bo‘ladi. O‘zingiz guvohi bo‘layotganingizdek, arzimagan narsa uchun qanchalab odamlar qamalyapti, Telegram’da nimadir yozgan yoki biron davrada “fikr” bildirib qo‘yganga 5-10 yil qamoq jazosi berib yuborilyapti. Mulk bilan bog‘liq masala esa yanada nozikroq. Shu sababli, o‘lim jazosidan elitaning o‘zi qo‘rqadi. Umuman, bugun berilayotgan bayonotlarning barchasi – jamiyatda to‘plangan muammolarning aksi. Maqsad – xalqni chalg‘itish, muammolar yechimi bir chetda qolib, mana shu singari bayonotlar muhokamasi bilan ovora qilib qo‘yish. Bu har bir totalitar tizimga xos uslub. Shimoliy Koreyani misol qilsak, xalqi och, lekin muammo Amerikada, Yevropada... Chetdan aybdor qidiriladi va muammoning haqiqiy ildizidan chalg‘itib yuboriladi.

    — Taʼbir joiz bo‘lsa, bu teraktdan o‘sib chiqqan kaltakning ikkita uchi bor. Bir uchi – Markaziy Osiyo, Islom davlati, migratsiya siyosati. Ikkinchi uchi – Ukraina. Rossiyalik siyosatchilarning zo‘r berib uqtirishicha, bu jinoyatning buyurtmachisi – Ukraina hukumati. Maqsad avval boshdan Ukrainani ayblash bo‘lgan bo‘lsa, shu ishni to‘rt-beshta ukrainalik fuqarolar qo‘li bilan qilish mumkinmasmidi? Istasa shunday ijrochilarni ham topish mumkin edi-ku? Rossiyalik blogerlar yana bir narsadan hayron bo‘lishyapti – agar terrorchilar o‘zlarini islom davlatiga mansub deb hisoblayotgan bo‘lsa, ularning eng katta dushmani – yahudiylar, Ukraina prezidenti Zelenskiy esa yahudiy, qanday qilib bu jangarilar yahudiyning buyrug‘ini bajargan bo‘lishi mumkin?

    — Aybning Ukrainaga ag‘darilishi boshidan maʼlum edi. Ko‘zlangan maqsadlardan biri – urushni legitimlashtirish. Chunki frontda ko‘zga ko‘rinadigan muvaffaqiyatga erishilmayapti. Uchinchi yil ketyapti, Rossiya harbiy salohiyatining yarmini yo‘qotdi, 300 ming askar yaralandi, 70 mingi halok bo‘ldi, Qora dengiz flotining uchdan biri yo‘qotildi. Bundan tashqari, har kuni ruslarning neft infratuzilmasiga zarba berilyapti. Navalniy vafot etdi... Jamiyatda urushga qarshi norozilik kundan-kun oshib boryapti. Maqsad esa yuqorida aytilganidek, yangi mobilizatsiyaga asos topish, muammolarning “aybdori”ni kashf etish. Bir o‘q bilan bir nechta quyon uriladi. “Biz birlashishimiz kerak, birlashsak, Ukrainani ham, Tojikistonni ham yengamiz” kabi g‘oyalarni singdirish. Muammolar esa keyin hal bo‘laveradi... Umuman olganda, totalitar davlatda mantiqning o‘zi yo‘q. Bitta ulkan maqsad qo‘yiladi. Sovet Ittifoqida ham shunday bo‘lgan edi. Maqsad qanchalik buyukligi xalqqa tinimsiz singdirib boriladi. Axborot monopoliyasi o‘rnatiladi va vaqt o‘tgan sari omma shunga ishona boshlaydi.

    —Biroq hozirgi rus jamiyatida axborot monopoliyasi mavjud emas-ku, internet bor, istagan muqobil manbadan axborot olish mumkin...

    — Yoshlar internetdan foydalanadi, katta avlod esa televideniyeni ko‘radi. Lekin asosiy qatlam teleekranlar qarshisida, chunki tug‘ilish kam bo‘lgani uchun yoshlar kam. Bundan tashqari, hududlarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Eng ilg‘or, fikrlaydigan, oppozitsion kayfiyatdagi hududlar doim Moskva bilan Sankt-Peterburg bo‘lib kelgan. Qolgan hududlar esa unday emas. Qolaversa, repressiv apparat juda kuchli. Arzimagan bahona bilan jazoga tortilyapti fuqarolar. Shuningdek, jamiyatda yetakchilar yo‘q. Navalniy, Nemsov, Litvinenko kabilar yo‘q qilindi. Bularning bari o‘z taʼsirini o‘tkazdi. Yana bir narsa borki, tarixni o‘ziga moslab talqin qilish. “SSSRning parchalanishi tasodif bo‘ldi, biz hali oyoqqa turamiz”... “Mojem povtorit” — mana shu jumla juda ko‘p ishlatilyapti. Boshqa narsa yo‘q-da, boshqa hech narsa berolmayapti. Faqat 1945-yilgi g‘alabani aytyapti, boshqa yutuq yo‘q. Texnologik va boshqa sohalarda faqat pastga qarab ketyapti. Bularning barini xaspo‘shlash uchun katta avlodning ongiga taʼsir o‘tkazishmoqda. O‘qimishli, ziyoli, iqtisodiy jihatdan mustaqil qatlam esa ozchilikni taʼsir qiladi. Bunday holatda axborot ko‘p bo‘lsa ham, taʼsir kuchi kam bo‘ladi.

    — Demak, ekspertlar fikriga ko‘ra, mazkur teraktdan so‘ng Rossiya Markaziy Osiyoga bosimni kuchaytirishga harakat qiladi. Bunday vaziyatda biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Migratsiya oqimini va buning ortidan kelib chiqadigan iqtisodiy bog‘liqlikni kamaytirishning choralari qanday?

    — Eng avvalo, tashqi bozorlarga chiqadigan transport-logistika masalasini hal etish lozim. Afg‘oniston orqali, Qirg‘iziston orqali va Ozarbayjon orqali yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish kerak. Shunda yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, investitsiya oqimi kuchayadi, natijada iqtisodiy qaramlikka barham beriladi. Bizning juda ko‘p yuklarimiz haligacha Rossiya orqali o‘tadi. Urush boshlanganda, Qozog‘iston Rossiyani qo‘llamagani uchun, neft mahsulotlari tranziti to‘xtatib qo‘yilgan edi. Qirg‘iziston va Tojikistonda migrantlardan kelayotgan mablag‘lar mamlakat YAIMning 40 foizini tashkil etadi. Bu nihoyatda katta ko‘rsatkich, bunday bog‘liqlikni kamaytirish lozim. Buning uchun yangi transport koridorlari yaratilishi kerak. Markaziy Osiyo yana oldingidek chorrahaga aylanishi zarur.

    28.03.2024, 16:02   Izoh (0)   8740
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston Rossiya o‘rniga Turkmaniston elektr energiyasidan foydalanishi mumkin

    27.03.2024, 14:25

    Kaspiy dengizi sathi keskin pasaymoqda (foto)

    21.03.2024, 20:55

    Qirg‘iz–o‘zbek chegarasida 130 metrli yerosti tunneli topildi (video) 

    20.03.2024, 11:35

    Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-birining hududiga suv hisoblagichlar o‘rnatadi

    19.03.2024, 14:02

    “Tolibon” Haj vazirligi rasmiysi O‘zbekiston bosh muftiysi bilan uchrashdi (foto) 

    18.03.2024, 14:55

    Markaziy Osiyoda elektron tijorat uchun maxsus bank hisobraqamlari tashkil etish taklif qilinmoqda

    14.03.2024, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.