2023-yilda Kaspiy dengizi sathi pasayishda davom etib, 2022-yildagi darajaga nisbatan 26 santimetrga pasaydi. Bu haqda Kaspiy dengizi gidrometeorologiyasini muvofiqlashtirish qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “Meteojurnal” xabar berdi.
Dengiz sathi 2021-yilda 20 santimetrga, 2022-yilda esa 27 santimetrga pasaygan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida, masalan, Ufra yarimorolining janubiy uchidagi qirg‘oq chizig‘i yil davomida deyarli 700 metrga siljiganini ko‘rish mumkin.
Krasnovodsk ko‘rfazining shimoli-sharqida esa qirg‘oq chizig‘i yil davomida uch kilometrdan ko‘proqqa siljigan. Kaspiy dengizining bunday keskin sayozlashishiga Volga daryosi oqimi kamaygani sabab ekani aytiladi.
“Biroq umumiy sayozlik davri XX asrning oxiridan beri davom etmoqda va Volga oqimiga bog‘liq emas. Hozir Kaspiy dengizi darajasi butun kuzatuvlar tarixidagi minimal darajaga yaqin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)