• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    Markaziy Osiyoda elektron tijorat uchun maxsus bank hisobraqamlari tashkil etish taklif qilinmoqda

    IMARC Group (xalqaro bozor tahlili bo‘yicha tadqiqot va maslahatlashuv guruhi) ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning elektron tijorat bozor hajmi 2022-yilga kelib 8 milliard dollarni tashkil etdi.

    Keyingi besh yil ichida o‘sish 25,4 foizni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi elektron tijoratni rivojlantirishga katta turtki bo‘ldi. Aynan koronavirus onlayn platformalarning keng qo‘llanishiga olib keldi. Shuningdek, rivojlanayotgan Internet infrastrukturasi va unga kirish imkoniyatlarining shahar va qishloq aholisi orasida kengayishi ko‘proq imkoniyatlarni ochadi va bozorning sekin, ammo barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.

    Biroq Markaziy Osiyoning elektron tijorat sohasidagi ekspertlar fikricha, davlat apparati bunday taraqqiyot ortidan yetib kela olmayapti. Jarayonning barcha ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini tartibga solish uchun alohida qonun lozim. Qonunni qabul qilgan davlatlar uni shoshilinch ravishda tayyorlagan, uning me’yorlari xom va ishlanmagan, deb hisoblaydi ekspertlar.

    Masalan, Tojikistonda alohida Innovatsiya va raqamli texnologiyalar agentligi tashkil etilgan. Bugungi sanoat qanday muammolarga duch kelmoqda va vaziyatni qanday yaxshilash mumkinligi haqida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodchilari so‘zlab berishdi. Ular tahlil va takliflarni tayyorlab, kelasi B5+1 forumida Olmaotada 14—15-martda ovoz berishadi.

    Markaziy Osiyodagi elektron savdo bozor hajmi 8 mlrd tengeni tashkil qiladi

    2023-yil may oyida B5+1 maxsus ishchi guruhi tashkil etildi, unga mintaqaviy NNT va biznes vakillari kirdi. Ishchi guruhga Markaziy Osiyoning besh mamlakati vakillari: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston kirdi. Bir yil ichida ekspertlar xalqaro institutlar bilan hamkorlik qilib, Milliy ishbilarmonlik kun tartibida ishtirok etganliklari va mamlakatlar hukumatlariga o‘z takliflarini taqdim etganliklari natijasida ayrim natijalarga erishdilar.

    Mintaqaning o‘sib borayotgan aholisi keng iste’mol bozorini va o‘sib borayotgan mehnat resurslarini shakllantiradi. Markaziy Osiyoning 77 million aholisi yildan yilga deyarli 2 foizga o‘sib bormoqda. BMT baholariga ko‘ra, 2040-yilgacha bo‘lgan davrda mintaqada yillik demografik o‘sish o‘rtacha 1,1 foizni tashkil etadi. Demografiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotlari o‘sishi uchun foydadir.

    KPMG Caspian (2022) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Qozog‘istonda elektron tijorat bozori 19 foizga, ya’ni 5 milliard dollarga o‘sishi kutilmoqda. O‘zbekiston bozori haqida gapirganda, 2026-yilga kelib u 1 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

    Foto: IMARC Group

    Nodavlat tashkilot Techno Women raisi, Digital Transformation OF asoschisi Aziza Shujeyeva MDH davlat rahbarlari darajasida elektron tijoratni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolashni taklif qilmoqda. Hujjat mavjud bo‘lishi qonunchilik va tartibga solishni uyg‘unlashtirishda real rag‘bat bera oladi.

    Onlayn muhitda iste’molchilar va biznes huquqlarini himoya qiluvchi, shuningdek, onlayn to‘lovlarning xavfsizligini ta’minlaydigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Bojxona infratuzilmasini rivojlantirish va tovarlarni rasmiylashtirishda axborot tizimlarini integratsiyalash zarur, bu tartibga solish muddatlarini tubdan qisqartirish imkonini beradi. Davlat elektron tijorat sohasida rivojlanishni istagan tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va o‘quv dasturlarini taqdim eta oladi. Shuningdek, tujjarlar, savdogarlar, hunarmandlar va boshqa KMK subyektlari uchun soddalashtirilgan va tushunarli soliq ma’muriyatini yaratish juda muhim”, — deydi Aziza Shujeyeva.

    Ushbu va boshqa muhim takliflar 14—15-mart kunlari Olmaotadagi B5+1 forumida muhokama qilinadi.

    Elektron tijoratni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlar

    Ijobiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, elektron tijorat bozori o‘z salohiyatidan to‘liq foydalanmayotgan muammolar mavjud.

    Elektron tijoratdagi to‘siqlar:

    • logistika (hududda yetarli darajada aviareyslar, temiryo‘llar va h.k. yetishmasligi);
    • elektron tijorat internetga kirish imkoniyatlarining o‘sishiga mos ravishda rivojlanmayapti;
    • milliy valyutalarning devalvatsiyasi va xomashyo mahsulotlari narxlarining oshishi xavf sifatida ko‘rilmoqda;
    • elektron tijorat savdo sohasi jamoat ishonchining past darajasidan aziyat chekmoqda;
    • ma’lumotlar himoyasi zaif;
    • litsenziyalash, soliq solish jarayoni yo‘lga qo‘yilmagan.

    Markaziy Osiyodagi har bir alohida mamlakatdagi muammolarni bilish to‘siqlarni yengishni osonlashtiradi. Masalan, bir necha mamlakatlar allaqachon elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan. Qirg‘iziston qonunni ishlab chiqqan davlatlarning birinchisi bo‘ldi.

    “Bizda asosiy tushunchalar bo‘yicha o‘z takliflarimiz bor. Masalan, elektron tijorat operatori, bojxona ombori operatori, bozor xavfsizligi kabi tushunchalar mavjud. Bizda iste’molchilarni himoya qilish to‘g‘risida qonun, reklama to‘g‘risida qonun va elektron savdo to‘g‘risidagi qonun borligi, demak, ishchi guruh o‘z tavsiyalarini ishlab chiqqan holda ularni hozirgi zamon talablariga moslashtirishi kerakligi anglashiladi”, — deydi Qirg‘iziston Respublikasida IBECA dasturining milliy eksperti, Qirg‘iziston Respublikasining AQSHdagi sobiq elchisi Muktar Jumaliyev.

    Ma’lumot sifatida, Qirg‘izistonda internetga 5,2 million foydalanuvchi kirish imkoniyatiga ega, ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari — 2,7 million kishi, internetga kirish uchun mobil qurilmalardan foydalanadiganlar soni 8,9 foizni tashkil qiladi.

    Shuningdek, ekspertlar chegaralarni kesib o‘tish, transport infrastrukturasi masalalarida muammolar borligini ta’kidlashmoqda. Davlat tomonidan butun hududni normativ-huquqiy asosni takomillashtirishda ko‘mak bo‘ladi.

    Masalan, banklar allaqachon hamkorlik qilishni boshlaganlar: Qirg‘izistonning “N-bank"i va Qozog‘istonning “Kaspiy” banki bitimni imzolashdi, demak ikki mamlakat banklarining ilovalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Endi Qirg‘izistonda deyarli har qanday to‘lovni N-bank ilovasi orqali onlayn to‘lash mumkin.

    Elektron tijorat uchun birinchi agentlik

    Tojikistonda so‘nggi ikki yil davomida davlat elektron tijoratni faol rivojlantirmoqda: 2022-yilda elektron savdo to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan, so‘ngra prezident tomonidan davlat xizmatlari bo‘yicha naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish choralari to‘g‘risida farmon chiqarilgan. Endi barcha fiskal to‘lovlar, shuningdek, kommunal xizmatlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri naqdsiz hisob-kitobga o‘tkazildi. Tojikistonda so‘nggi besh yil ichida elektron hamyon kartalari kabi to‘lovlar bir necha barobar ortdi.

    2024-yilning boshida hukumatning qarori bilan Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar bo‘yicha yangi agentlik tashkil etilgan, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri elektron tijoratni rivojlantirish hisoblanadi. Hozircha Tojikiston bu sohada huquq va majburiyatlarni tartibga solish uchun alohida idora yaratgan yagona davlatdir.

    “Bizning elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunimizda qalbaki xizmatlar va mos kelmaydigan tovarlardan himoya qilish va ularning huquqlarini tartibga solish mexanizmlari yo‘q. Lokal muammo bor: kuryerlik xizmatlari va yetkazib berish pochta xizmatlariga tenglashtirilgan bir qaror bilan tartibga solinadi. Tadbirkorlar barcha mexanizmlardan o‘tishlari, pochta faoliyati uchun minimal talablarga mos kelishlari kerak. Biz elektron tijorat bilan shug‘ullanadiganlar uchun litsenziyalashning insonparvar va yengil variantini taklif qilish kerak, deb hisoblaymiz. Bu bozorning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki bunday xizmatlar ko‘proq bo‘lsa, raqobat va sifat yaxshilanadi”, — deb o‘z mamlakatida muammolarni tavsiflab berdi Tojikistondagi IBECA dasturining milliy eksperti Alisher Shernazarov.

    Elektron tijorat bitimlari uchun alohida bank hisobraqamlari

    O‘zbekistonda 2022-yilda joriy etilgan qonun tadbirkorlarning huquqlarini cheklagan. Masalan, ishchi guruhning a’zolari xorijiy serverlarda o‘zlarining onlayn do‘konlarini joylashtirishda qiyinchiliklarni qayd etdilar. Mahalliy serverlar yetarlicha infratuzilmaga, sifat va xizmat darajasiga ega emas. Bir tomondan, qonun chiqaruvchilar buni mahalliy serverlarni rivojlantirish uchun qildi, lekin quvvat imkoniyatlarini oldindan hisobga olinmadi va endi qonun biznesmenlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    O‘zbekistonda transport logistikasi yaxshi rivojlangan. Transport tarmog‘i butun mamlakatni qamrab olgan, shuningdek, sifatli internetga ulanish imkoniyati ham mavjud. Ammo logistika sohasida kamchiliklar mavjud, masalan, omborlar yetishmaydi, yer uchastkalarining marketpleys uchun maqsadga muvofiq foydalanishlarida o‘zgarishlar mavjud. Ma’lumotlarni himoya qilish va iste’molchilarni himoyalash masalalari yechilmagan.

    “Biz elektron tijorat korxonalari uchun maxsus bank hisobraqamlarini joriy etishni taklif etamiz. Bunday amaliyotga biz qator davlatlarda, jumladan, Qirg‘izistonda ham guvoh bo‘ldik. Maxsus hisoblarda tadbirkorlar faqatgina elektron tijorat bilan bog‘liq bitimlarni kuzatishadi. Bular an’anaviy savdo va elektron tijoratni bir-biridan ajratish uchun zarur. O‘zbekistonda turli soliq imtiyozlarini beruvchi davlat ko‘magi amalda, ammo buxgalterlik hisobini yuritish murakkabligi, kompetensiya yetarli emasligi uchun aksariyat hollarda imtiyozlardan foydalana olmaydilar”, — dedi O‘zbekistondagi IBECA dasturi bo‘yicha milliy ekspert Oljas Riskeldi.

    Ekspertlar marketpleyslarga hukumat organlari va soliq, bojxona idoralari o‘rtasida vositachi bo‘lishlariga ruxsat berishni taklif qilishmoqda. Rivojlangan transport logistikasi va marketpleys mavjud bo‘lganiga qaramasdan, sotuvchilar yetishmasligi seziladi.

    Asosiy maydonlarda sotuvchilar soni bor-yo‘g‘i 500 nafarga yetadi, vaholanki, O‘zbekiston aholisi ko‘p va ulkan bozorga ega mamlakat. Hozir marketpleyslar bepul tarzda sotuvchilarga soliq va bojxona hisoboti yuritishda yordam berishga tayyor, buning uchun faqatgina hukumat tomonidan ruxsat berilishi qolgan. Bunday xalqaro amaliyot Singapur, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda qo‘llanadi.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun hukumat organlari va biznes assosiatsiyalarning Made in Central Asia brendi ostida milliy mahsulotlar sifati sertifikatsiyasi va uyg‘unlashtirishni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik ulkan yutuq bo‘ladi. Bu elektron tijorat sohasida standartlar va me’yorlarni ishlab chiqishga va sohani rivojlantirishga, shuningdek, biznesning manfaatlarini himoya qilishga yordam beradi.

    Ekspertlarning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari 2030-yilga borib elektron tijorat ulushini savdo aylanmasining 20 foizigacha oshirishni bemalol maqsad qilib qo‘yishlari mumkin. Bu mintaqaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va integratsiyalashuv jarayonlarini tezlashtirishga, infrastruktura modernizatsiyasiga va mintaqalarda ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi.

    Bu biznesga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini butun mamlakat bo‘ylab sotish imkoniyatini beradi, o‘z navbatida, ayollarning produktiv bandligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.

    14.03.2024, 15:16   Izoh (0)   3255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ostonada noqonuniy ishlayotgan  37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

    06.03.2024, 12:28

    KXSHT Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    13.03.2024, 14:05

    “Ayrim geosiyosiy kuchlarni ko‘ndirishimiz kerak”: Markaziy Osiyo mamlakatlari okeanga chiqish ostonasida

    13.03.2024, 14:31

    Tojikistonda bedarak yo‘qolgan qizning jasadi O‘zbekistondagi kanaldan topildi 

    13.03.2024, 10:09

    O‘zbekiston Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini qariyb to‘rt baravar oshirmoqchi

    06.03.2024, 10:23

    Qozog‘iston va Tojikistonda ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi 

    05.03.2024, 08:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.