Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,86 so‘mga ko‘tarilib, 12 496,80 so‘m bo‘ldi. Yevro 76,54 so‘mga oshib, 13 560,28 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,18 so‘mga ko‘tarilib, 137,81 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 15,07 so‘mga pastlab, 12 484,94 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
23-fevral kuni dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)