Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,97 so‘mga ko‘tarilib, 12 508 so‘m bo‘ldi. Yevro 80,30 so‘mga oshib, 13 574,93 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,82 so‘mga pastlab, 134,31 so‘mni tashkil etdi.
Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshdi. Ushbu valyuta kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turgandi. Tijorat banklarida esa dollar kursi fevral boshlaridayoq 12 500 so‘mdan oshgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni AQSH valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Markaziy bank asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirgandi.
Shuningdek, kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlar mavjudligini, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib borilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)