Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,07 so‘mga pastlab, 12 484,94 so‘m bo‘ldi. Yevro 82,52 so‘mga tushib, 13 483,74 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,41 so‘mga pastlab, 135,63 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 500,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl ham oshdi. 23-fevral kuni dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan ko‘tarilgandi.
Izoh (0)