O‘zbekiston tijorat banklari 5-fevral kuni AQSH dollari kursini oshirdi.
![](/static/2024/02/05/photo_2021-11-22_17-43-46-6qZ6bwAm.jpg)
Aksariyat banklarda dollar kursi 12 500 so‘mgacha ko‘tarildi. To‘rtta bankda ushbu valyuta kursi 12 510 so‘mgacha oshirildi.
Ma’lumot uchun, dollarning Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan kursi 5-fevral holatiga ko‘ra 12 448,01 so‘mni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)