O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov o‘z diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, u O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan Qadambay Sultonov (47 yosh) O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024-yillar) hamda O‘zbekistonning Litva (2021–2024-yillar), Estoniya (2020–2024-yillar) va Finlyandiyadagi (2020—2024-yillar) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.
Izoh (0)