Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Mirzacho‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 20-fevral kuni xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qilgan. Shundan so‘ng, deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqullagan.
Botirjon Mirzaqulov hozirga qadar Sirdaryo tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh (0)