Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yili O‘zbekistonni eng issiq yoz kutayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zgidromet” mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, butunjahon meteorologlari prognozlariga ko‘ra, hozirda kuzatilayotgan El-Ninyo 2024-yilning apreligacha davom etadi. Ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasi.
Keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati +40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Ninyo jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, yaʼni yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan past bo‘lishi kutilmoqda.
“Issiq yoz bu — O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Janub va cho‘l hududlarida +40...+45 darajagacha, qolgan hududlarda esa +40...+42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5-7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)